Toshkent shahri Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida 2-avgust kuni soat 19:10 larda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1999-yilda tug‘ilgan R.Q. Tracker avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 2002-yilda tug‘ilgan Ch.A.ni urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)