Daryo

Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish12 410 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyati, Urgut tumani, “Xo‘jaguzar” MFY hududidan o‘tuvchi Urgut—G‘o‘s—Avazmergan avtomobil yo‘lining 5-kilometrida 29-iyul kuni soat 12:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati YHXB

Maʼlum qilinishicha, 2003-yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi Urgut—G‘o‘s yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashgan.

Hodisa natijasida Damas haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida, yana bir yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan. 

Shuningdek, yana ikki nafar Damas yo‘lovchilari va Cobalt avtomobili haydovchisi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hozirda Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar