Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 20-iyul kuni erkak chaqaloqni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qarshi shahar 2-sonli IIB navbatchilik qismiga 21-iyul kuni RSHTYOIM Qashqadaryo filiali shifokori tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 12:00 larda fuqarolar T.A. va N.S. tomonidan 2023-yilda tug‘ilgan I.N. jonsiz holda shifoxonaga olib kelingan.
Ko‘rik vaqtida shifokorga I.N. kolyaskadan yiqilib tushib, tan jarohati olgani aytilgan. 20-iyul kuni 23 yoshli N.S. tushlik vaqtida kiyimiga hojatini chiqargani uchun chaqaloqning ko‘krak qafasi va qorin sohasiga bir necha marotaba mushtlab, uni qasddan o‘ldirgan.
N.S. o‘zining jinoiy qilmishini yashirish maqsadida go‘yoki kolyaskadan yiqilib tushgani haqidagi vaj bilan bolani shifoxonaga olib borgan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan N.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan.
Izoh (0)