• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi kimlarga, necha puldan beriladi?

    O‘zbekistonda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonun bilan ishsizlik nafaqasi tayinlash va to‘lash tartibi belgilangan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ishsizlik nafaqasi haqida

    Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan, qonuniy tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi tayinlanadi. Bu turdagi moddiy yordam pullari to‘lovi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. Ishsizlik nafaqasiga soliq solinmaydi.

    Mazkur nafaqa ishsiz deb tan olingan shaxs mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan kundan boshlab hisoblanadi va to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida beriladi.

    Qonunga ko‘ra, ishsiz shaxs nafaqa olish davrida ish qidirishi shart. U ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish bo‘yicha yo‘llanma olish uchun bir oyda kamida ikki marta mahalliy mehnat organiga murojaat qiladi.

    Ishsizlik nafaqasi ishsiz shaxsning avvalgi ish joyidagi oxirgi bir yillik o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foizda belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foizda hisoblanadi. 

    Ishsizlik nafaqasi to‘lash qay hollarda to‘xtatiladi?

    Ishsiz shaxsga berilayotgan ishsizlik nafaqasini to‘lash quyidagi hollarda tugatiladi:

    • fuqaro ishga joylashsa yoki o‘zini o‘zi band qilganda;
    • maqbul ishga doir ikkita taklifni rad etganda;
    • nafaqani aldov yo‘li bilan olganda;
    • mikrokredit jalb qilganda, tadbirkorlik yoki shaxsiy tomorqa uchun subsidiyalar olganda;
    • pensiya olish huquqiga ega bo‘lganda,
    • sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganda.

    Ishsiz shaxs mahalliy mehnat organiga, ishga joylashtirishga doir yo‘llanma yoki ishga joylashishga ko‘maklashish yuzasidan murojaatnoma olish uchun uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda ham ishsizlik nafaqasini to‘lash muddatidan oldin tugatilishi mumkin.

    Ishsizlik nafaqasini to‘lash quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi:

    • ishsiz shaxs kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilganda — stipendiya to‘langan holda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida;
    • ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash–profilaktika muassasasida davolash kursidan o‘tganda — bunday muassasada bo‘lish davrida;
    • ishsiz shaxs haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotganda — bunday ishlarda ishtirok etish davrida.

    Shu bilan birga, ishsizlik nafaqasini to‘lash ishsiz shaxs belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko‘ra mahalliy mehnat organiga kelmagan taqdirda uch oygacha to‘xtatib turilishi mumkin.

    Ishsizlik nafaqasi miqdorlari

    Ishsizlik nafaqasi ishsiz shaxs holatiga qarab, turli miqdorlarda to‘lanadi. Xususan, ishdan va ish haqidan so‘nggi 12 oy ichida mahrum bo‘lganlar avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida nafaqa olishi mumkin. Bunda nafaqa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan (1 million 50 ming so‘m) kam yoki O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqidan (5 million 92 ming so‘m) ortiq bo‘lmaydi.

    Ishdan va ish haqidan mahrum bo‘lgan hamda bir yildan ortiq tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslar mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida (1 million 50 ming so‘m) nafaqa oladi.

    Ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida 75 foizi miqdorida ishsizlik nafaqasi tayinlanadi.

    Qonunchilikka muvofiq, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshganda ishsizlik nafaqasining miqdori oshirish koeffitsiyentiga teng miqdorda ko‘payadi.

    Bandlik masalasi

    Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha 223 656 nafar fuqaro Bandlik vazirligi yordamida ishli bo‘lgan. Xususan, yanvar–iyun oylarida xorijda ishlash istagidagi 64 ming kishi chet davlatlarga tashkiliy ishga joylashtirilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravarga ko‘p degani.

    Yil boshidan beri mamlakatda ishsiz deb eʼtirof etilgan va ishsizlik nafaqasi tayinlanganlar soni 7 060 nafarni tashkil etgan.

    Bandlik vazirligi xabariga ko‘ra, hozirda mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi 2024-yil yil boshidagi 6,8 foizdan 5,9 foizga kamaygan. Ma’lumot uchun, joriy yil 1 iyul holatiga mamlakat doimiy aholisi 37 million 134 ming kishini tashkil etgan. Jami aholining 56,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdagi odamlar hisoblanadi.

    31.07.2024, 14:10   Izoh (0)   55678
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda nafaqa turlari: kimlarga, qanchadan moddiy yordam berilishi mumkin?

    28.05.2024, 12:15

    O‘zbekistonda qaysi kasb egalari eng ko‘p oylik olmoqda?

    26.07.2024, 19:14

    O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari oshgani maʼlum qilindi 

    29.07.2024, 17:40

    O‘zbekistonda bo‘sh ish o‘rinlari soni kamaydi — Markaziy bank

    29.07.2024, 19:25

    O‘zbekistonning qaysi hududlarida iste’molchilar ko‘proq keshbekka ega bo‘lgani ochiqlandi 

    30.07.2024, 18:35

    O‘zbekistonda dollar kursi qanday o‘zgarmoqda? 

    30.07.2024, 12:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.