• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    IT-kasblar qizlarga ham yarashadi

    Buxorolik maktab bitiruvchisi Zarnigor Rahimova informatika fanidan o‘tkazilgan Yevropa olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi. Ucell kompaniyasi O‘zbekistondan qizlar jamoasiga Niderlandiyaning  Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada ishtirok etish uchun yordam ko‘rsatishda dastak bo‘ldi.  

    Dasturlash – xotin-qizlarga xos mashg‘ulot emas, degan qotib qolgan fikr hozir ham mavjud. Qizlarni bolalik paytidan gumanitar sohalarga yo‘naltirish odatga aylangan, ularning aniq fanlarga bo‘lgan qiziqishi esa unchalik rag‘batlantirilmagan. Yetarlicha qo‘llab-quvvatlashning yetishmovchiligi va faqatgina “erkaklarga xos informatika” haqida qolipdagi gaplar aksariyat iste’dodli qizlarning IT-kasblarni tanlashga qo‘rqib qolishganiga sabab bo‘lib kelmoqda.

    Bu stereotipga asta-sekinlik bilan barham berilmoqda. Gender tenglikni ilgari surish va ayollar huquqlari ko‘lamini kengaytirish mavjud to‘siqlarni buzib, quyidagilarni namoyish etishga qaratilgan: informatika sohasi hamma uchun birdek teng. O‘zbekiston qizlarga IT sohasida tobora ko‘proq imkoniyatlar taqdim etmoqda, va informatika bo‘yicha Yevropa olimpiadasida yosh Zarnigor Raximova tomonidan qozonilgan g‘alaba buning yaqqol tasdig‘i bo‘la oladi.

    IT —  kelajak tili 

    Texnologiyalar hayotning barcha sohalariga kundan kunga singib borayotgan zamonaviy olamda IT-ko‘nikmalarga ega bo‘lish shunchaki afzallik emas, balki zaruriyatga aylanmoqda. O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotni faol sur’atlarda rivojlantirmoqda va ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod, qaysi jinsga mansubligidan qat’i nazar, ushbu ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda.

    Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan mamlakatda ta’lim dasturlari qabul qilingan bo‘lib, ular bolalarni dasturlash va robototexnikaga o‘rgatishga qaratilgan, shu bilan birga, muntazam ravishda ushbu fanlar bo‘yicha tanlovlar va olimpiadalar o‘tkazib kelinmoqda. 

    Shunday qilib, joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonda ICT4Girls olimpiadasi o‘tkazilib, unda butun mamlakatdan 242 ta qiz ishtirok etdi. Birinchi bosqichdan so‘ng, C++ yoki Python dasturlash tillariga doir vazifalarni eng yaxshi ravishda bajargan 45 ta maktab va lisey o‘quvchilari tanlab olindi. Keyingi bosqich natijalariga ko‘ra 12 ta g‘olib qiz trening-butkempni o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. O‘tgan yilgi Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadada (IOI) g‘alaba qozongan o‘g‘il bolalar ularga murabbiylik qilishdi. Intensiv mashg‘ulotlar natijasida to‘rtta ishtirokchi tanlab olinib, ular Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan Informatika bo‘yicha Yevropa olimpiadasida (European Girls' Olympiad in Informatics) O‘zbekiston nomidan qatnashishdi.

    EGOI ayollar tomonidan boshqariladi

    EGOI — bu Yevropa matematika olimpiadasi misolida faqat qizlar uchun dasturlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov. Tanlovda ishtirok etuvchi qizlar faqatgina murakkab masalalarni yechib, algoritmlar ishlab chiqib va joriy etibgina qolmay, balki IT sohasida muvaffaqiyat qozongan ayollar bilan ham tanishishadi. Bu juda muhim, sababi dasturchi-o‘qituvchilarning katta qismini asosan erkaklar tashkil qiladi. 

    EGOI tanlovi ilk marotaba 2021-yilda Shveysariyaning Syurix shahrida bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha paytdan buyon musobaqalar turli xil ishtirokchi davlatlarda o‘tkazib kelinmoqda. Tashkilotchilar olimpiadalarni o‘tkazishning asosiy maqsadi sifatida yosh ayollarga o‘zini namoyon etish va ularning informatikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish imkoniyatini taqdim etishni aytib o‘tadi. 

    O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaning Eyndxoven nomli IT-shaharchasiga 21-iyul kuni tashrif buyurdi. Respublikamiz manfaatlarini Buxoro viloyatidan Zarnigor Rahimova, Toshkentdan Oysha Mirzatillayeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Malika Xo‘jamuratova va Samarqand viloyatidan Soliha Dagarova himoya qildi. Ushbu nufuzli olimpiadada 57 ta davlatdan 200 mingga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Ikkita tur natijalariga asosan Zarnigor Rahimova 329 ball to‘pladi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

    "Mening yoshim 18 da, men Buxoro viloyatining 12-sonli maktabini tamomladim.  IT sohasida rivojlanishimga meni informatika bo‘yicha o‘qituvchim ilhomlantirdi, va tabiiyki, yaqinlarim ham juda qo‘llab-quvvatlashdi. Xalqaro olimpiadada ishtirok etganimdan so‘ng men jamiyatda o‘rnashib qolgan qoliplar ta’sirida bo‘lmaslik kerakligi anglab yetdim. Dasturlash qizlar uchun mos kelmaydigan yo‘nalish haqidagi fikr — juda ham yanglish". EGOI bronza medali sohibi Zarnigor Rahimova.

    Qo‘llab-quvvatlash – bu eng muhimi

    Jamoa sardori va Raqamli texnologiyalar vazirligi Raqamli rivojlanish departamenti bosh mutaxassisi Asal Boboyeva olimpiada dunyo bo‘ylab ham, O‘zbekistonda ham qanchadan qancha ko‘p iste’dodli qizlar borligini namoyish qildi. Ular uchun eng muhimi —  bu qo‘llab-quvvatlash. Ko‘proq hatti-harakat qilish, o‘z ustingizda ishlash natijasida, jumladan IT-sohasida ham istalgan cho‘qqilarni zabt etish mumkinligini namoyish qilish kerak .

    "Safarimiz voqealarga juda boy bo‘ldi: o‘yinlar, mahorat darslari, musobaqalar va ekskursiyalar. Qizlar qat’iy va jangovor kayfiyatda edi. Tanlov ikki bosqichda o‘tdi: shaffof va  halol. Natijalar e’lon qilinishidan oldin so‘nggi soatlar juda asabiy o‘tdi, lekin yakuniy jadval bizni ancha quvontirdi. Bronza medalini olgan Zarnigordan tashqari uning uchta jamoadosh dugonalari ham yaxshi natijalar namoyish etdi", - deb aytdi Asal.

    Bunday tajriba IT-sohasini rivojlantirish yo‘lida juda katta turtki berishi shubhasiz. Safar nafaqat qizlar uchun, balki jamoalar sardorlari va murabbiylar uchun nihoyatda foydali bo‘ldi. Olimpiada davomida shuningdek, EGOI da yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan   Turkiya, Qozog‘iston va Polshadan jamoalar bilan yaqindan tanishish fursati bo‘ldi. Navbatdagi yilda butkempga ishtirokchilari olimpiadada oltin medallarni qo‘lga kiritgan davlatlardan murabbiylarni taklif qilish rejalashtirilmoqda.

    Niderlandiyadan qaytish chog‘ida jamoani Raqamli texnologiyalar vazirligi va Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi vakillari kutib olishdi — juda iliq va tantanali muhitda, haqiqiy g‘oliblarni kutib olishlaridek. Hamma qizlar keyingi yili takroran olimpiadaga ishtirok etish uchun borib, albatta g‘alaba qozonish istagi bilan qaytdilar. 
    O‘zbekistonning eng yirik Ucell uyali aloqa operatori musobaqalarning tashkilotchisi sifatida ishtirok etdi.

    31.07.2024, 16:30   Izoh (0)   3869
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    31.07.2024, 16:06

    Shahnoza Mirziyoyeva Diyora Keldiyorovaga bir qancha loyihalarni birgalikda amalga oshirishni taklif qildi

    31.07.2024, 15:32

    O‘zbekistonda qayta ishlatilishi majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlari ro‘yxati tuzildi

    31.07.2024, 14:40

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

    31.07.2024, 13:44

    Tishlarning to‘kilishi va noxush hid: stomatolog chekish og‘iz bo‘shlig‘iga qanday ta’sir qilishi haqida so‘zlab berdi

    31.07.2024, 13:30

    Nukusdan Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatiga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    31.07.2024, 11:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Polsha Rossiyaning Krakovdagi bosh konsulxonasini yopib, diplomatlarni chiqarib yuboradi

    Dunyo | 12 may, 18:15

    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

    Reklama | 12 may, 18:00

    O‘zbekistonda ahil oilalar hamda yosh kelin-kuyovlar ishtirokida “Oilalar sayli” o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 12 may, 18:00

    Fransiya 2040-yilgacha robot armiyaga ega bo‘ladi

    Dunyo | 12 may, 17:50

    Devid va Viktoriya Bekxemning kelini ularni “zahar va o‘ziga bino qo‘ygan” deb hisoblaydi

    Layfstayl | 12 may, 17:40

    Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi bolalarga “Katyusha”ni yodlatgani uchun ishdan olindimi?

    O‘zbekiston | 12 may, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.