• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tishlarning to‘kilishi va noxush hid: stomatolog chekish og‘iz bo‘shlig‘iga qanday ta’sir qilishi haqida so‘zlab berdi

    Sigaretlarning inson organizmiga zararli ta'sir ko'rsatishi sir emas. Tamaki tutunidagi zararli moddalar bilan dastlabki aloqa og'iz bo'shlig'ida sodir bo'ladi, bu esa og‘iz bo‘shlig‘ining salomatligi uchun ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi. 16 yillik tajribaga ega stomatolog Gayana Ovakimyan sigaret chekishning qanday oqibatlarga olib kelishi va bu ashaddiy kashandalarning og‘iz bo‘shlig‘ida qanday aks etishini batafsil tushuntirdi.

    Tish rangining o‘zgarishi va karashlar

    Chekish jarayonida tamaki tutuni, og‘iz bo‘shlig‘idagi haroratni ko‘taradi, bu esa tish emalida mayda yoriqlar paydo bo‘lishi va ularning asta-sekin yemirilishiga olib keladi. Tutun tarkibidagi qatron va qattiq zarralar tish sirtida cho‘kib qoladi, buning natijasida tishlarda o‘ziga xos sariq yoki jigarrang karashlar paydo bo‘ladi. Chekish tajribasi qanchalik uzoq bo‘lsa, emalning to‘q rangini ketkazish shunchalik qiyin bo‘ladi. Stomatologlarning ta’kidlashicha, bunday holatlarda hatto professional tozalash muolajasi ham yordam bermaydi.

    Og‘izdan noxush hid kelishi

    Bu — chekuvchining yana bir doimiy yo‘ldoshi. Issiq sigareta tutuni shilliq pardalarni quritib yuboradi va so‘lakning tabiiy ajralish jarayoniga  ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, so‘lakda saqlanadigan antibakterial modda — lizotsim ishlab chiqarilish jarayoni ham buziladi. Lizotsim bo‘lmasa, noxush hid keltirib chiqaradigan kasallik qo‘zg‘atuvchi zararli bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay muhit paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, sigaret tutunining hidi juda o'tkir va uzoq turuvchi bo'lib, u nafaqat lab va og'iz bo'shlig'iga, balki soch hamda qo'l terisiga ham bir zumda singib ketadi.

    Milklarning yallig‘lanishi

    Chekish gingivit, parodontit va boshqa turdagi milk kasalliklarini keltirib chiqaradi. Tutun tarkibidagi zararli moddalar ta’sirida milk to‘qimalari ancha zaif va shikastlanuvchan bo‘lib qoladi. Natijada, tishlarning to‘kilish xavfi sezilarli darajada oshadi.

    Xavfli o‘simtalar

    Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki: og‘iz bo‘shlig‘i saratoni bilan kasallanganlarning 90 foizi — chekuvchilardir. Xavfning asosiy omili — sigareta tutuni tarkibidagi kanserogen qatronlar sanaladi.

     

    Ilgari odamlar chekishning asosiy zarari —  nikotin, deya hisoblashgan, ammo zamonaviy tadqiqotlar butkul boshqa natijani ko‘rsatmoqda. Chekuvchilar uchun tamaki tutuni va yonuvchan mahsulotlar eng katta xavf omili sanaladi. Inson sigaret chekayotganida uning organizmiga tutun bilan birgalikda tamaki va qog‘ozning yonishi natijasida hosil bo‘ladigan 6000 ga yaqin turli kimyoviy birikmalar (jumladan, is gazi va kanserogen qatronlar) kiradi.

    Tadqiqotlar nikotinning  qaramlikga olib kelishini va qayta-qayta sigaret chekishga undovchi alkaloid ekanligini inkor etmaydi. Ammo aynan tutun chekuvchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarning asosiy sababi hisoblanadi. Shu tufayli, an’anaviy tamaki mahsulotlarining o‘rniga tutunsiz elektron muqobillarning paydo bo‘lishi inson salomatligi uchun ancha xavfsizroq ko‘rinadi.

    Chekuvchilar uchun ikki asosiy turdagi elektron qurilmalar mavjud: suyuqlikni bug‘latuvchi (ular qatoriga veyplar, elektron sigaretlar va POD-tizimlari kiradi) va tamakini qizdiruvchi tizimlar. Sigaretalarga nisbatan elektron muqobillarning, shubhasiz, afzalligi ko‘proq. Ular sigareta tarkibidagi eng zararli narsa — yonish mahsulotlaridan saqlanishga imkon beradi.

    Aynan shu sababli shifokorlar chekishni tashlash niyatida bo‘lmaganlarga zarari kamroq muqobillarni ko‘rib chiqishni tavsiya qilishmoqda va buning sababi quyidagicha:

    – Sigaret tutuni tish emalini elektron sigaretlarga nisbatan 7 baravar kuchliroq sarg‘aytiradi. Ushbu tadqiqot natijalari University of Rochester Eastman Institute for Oral Health va Peking University School of Stomatology olimlari tomonidan nashr qilingan.

    – Sigaret tutuni va tamaki qizitish tizimlarining ta’sirini taqqoslagan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, elektron sigaretlar unchalik darajada sitotoksik emas va og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarini kamroq shikastlantiradi.

    – Chekuvchilarda implantlarning bitib ketmaslik xavfi chekmaydiganlarga qaraganda 2 baravar yuqori. Bu bir necha sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi: issiq tutun og‘iz bo‘shlig‘ining kuyishiga olib kelishi mumkin; nikotin tomirlarni toraytiradi va qon oqimini sekinlashtiradi, bu esa implant bitib ketishi jarayonining buzilishiga olib kelishi mumkin; chekish so‘lakning himoya funksiyasini izdan chiqaradi, shu sababli milklar uzoqroq bitadi. Ideal holatda, protezlashdan so‘ng sigaret va tarkibida nikotin saqlovchi har qanday muqobil vositalardan butunlay voz kechish lozim. Ammo agar siz zararli odatingizdan hech bo‘lmaganda, ma’lum bir muddatga voz kecha olmasangiz, reabilitatsiya davriga ta’sir qilmaydigan va sog‘ayishingizga halaqit bermaydigan zarari kamroq muqobillarga o‘tishingiz mumkin.

    – Tadqiqot doirasida Yaponiya, Italiya, Ruminiya, Shveysariya va Ispaniyadagi uch mingdan ortiq sigaret iste’molchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Ularning barchasi sigaretdan zarari kamroq muqobillarga o‘tgandan bir oy o‘tgach, og‘izdagi hidning sezilarli darajada yaxshilanganini qayd etgan. So'rov shuningdek, og'izda yoqimsiz ta'm va quruqlikning kamayganini ham aniqladi.

    Chekish — sog‘liq uchun o‘ta xavfli va barcha shifokorlar zararli odatdan voz kechish lozim, degan yagona fikrga kelishgan. Biroq, inson chekishdan voz kecha olmasa, u holda shifokorlar chekishning muqobil turlariga o‘tishni tavsiya qilishadi, ularning asosida tamakining yonishi emas, balki uni qizdirish tamoyili yotadi, bu esa qatron va boshqa zararli moddalar hosil bo‘lishining oldini oladi.

    Sheriklik huquqi asosida

    31.07.2024, 13:30   Izoh (1)   4522
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. keks_94_@mail.ru / 02.08.2024, 16:31

      Mening tishlarimga sigaretalar ham katta zarar etkazdi

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nukusdan Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatiga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    31.07.2024, 11:15

    O‘zbekiston Tatariston bilan elektropoyezd va metro vagonlari ishlab chiqarishi mumkin

    31.07.2024, 10:25

    O‘zbekistonda 1-avgust kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    31.07.2024, 10:15

    O‘zbekistonda aholini ijtimoiy sug‘urtalash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

    31.07.2024, 09:50

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    31.07.2024, 09:18

    Buxoroda erkak o‘g‘li bilan urishgan 5 yashar bolani kaltaklaganiga doir ish hujjatlari sudga yuborildi

    30.07.2024, 22:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.