Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 3,07 so‘mga ko‘tarilib, 12 544,11 so‘m bo‘ldi. Yevro 4,20 so‘mga tushib, 13 580,25 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,12 so‘mga ko‘tarilib, 145,68 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch ish kunida qariyb 93 so‘mga pasayib, 12 634 so‘mdan 12 541 so‘mga tushgandi.
Izoh (0)