Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanidagi bolalar bog‘chasida bola kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda.
Aniqlanishicha, holat 25-iyul kuni Qo‘shko‘pirdagi xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir bo‘lgan.
Hozirda Qo‘shko‘pir tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yetkazilgan jarohat darajasini aniqlash maqsadida 2021-yilda tug‘ilgan I.S. (qiz)ga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Izoh (0)