“PSJ” “Atletik” vingeri Niko Uilyamsga “Barselona” taklif qilganidan ikki baravar ko‘p maosh to‘lashga tayyor. Bu haqda “Sport.es” xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining transferiga Parij klubi bosh murabbiyi Luis Enrikening shaxsan o‘zi qiziqmoqda. So‘nggi haftalarda Fransiya chempioni ehtimoliy shartnoma tafsilotlarini aniqlash maqsadida Nikoning atrofidagilar bilan aloqa o‘rnatdi.
“Barsa” ham o‘z taklifini o‘rinli deb hisoblamoqda. Uilyams Ispaniyadan ketishi talab qilinmaydi, chunki uning ko‘plab do‘stlari Kataloniya klubida o‘ynaydi.
O‘tgan mavsumda Uilyams klub va milliy jamoa safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Ispaniya bilan Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi.
- Nikoning Bilbao klubi bilan shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan va Transfermarkt uni 60 mln yevroga baholamoqda.
Izoh (0)