Daryo

“Navbahor” klubi darvozaboni faoliyatini Eronda davom ettiradi

O‘tkirning yangi jamoasi “Fulad” o‘tgan mavsumda Eron chempionatida 11-o‘rinni egallagan

1 daqiqa o‘qish11 276 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy jamoasi va “Navbahor” klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov faoliyatini Eronda davom ettiradi. Transfermarkt maʼlumotiga ko‘ra, “Fulad” 33 yoshli posbon uchun Namangan klubiga 300 ming yevro to‘lagan.

Yusupov 2019 yildan beri “Navbahor” safida harakat qilib kelgandi. Joriy mavsum darvozabon Superliganing 13 ta turida maydonga tushib, 5 ta o‘yinda o‘z darvozasini daxlsizligini saqlab qolgan. Shuningdek, u “Mashʼal”, “Nasaf”, “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” klublarida ham faoliyat yuritgan.

Maʼlumot o‘rnida, O‘tkirning yangi jamoasi “Fulad” o‘tgan mavsumda Eron chempionatida 11-o‘rinni egallagan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar