• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    “Navbahor” hamda “Neftchi” klubidan legionerlarga taqiq olib tashlanmadi

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi tartib-intizom qo‘mitasi Superliga klublari bilan bog‘liq bir qator masalalarni ko‘rib chiqdi. Unga ko‘ra, “Navbahor” va “Neftchi”ga qo‘yilgan legionerlarga bog‘liq transfer taqiqi olib tashlanmadi.

    Foto: “O‘FA”

    “Surxondaryo viloyati prokuraturasi talabi bilan “Surxon” klubi sobiq rahbarlari hamda viloyat hokimligi jami 43 nafar futbolchi, murabbiy va xodim bilan belgilangan tartibda aniqlangan qarzdorlikni shu yilning 16 iyul sanasiga qadar bartaraf etdi.

    Shu asosda “Surxon” O‘FA Apellyatsiya qo‘mitasiga apellyatsiya shikoyati kiritdi. 23 iyul kuni mazkur masala qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqildi. Unda 2023 yilning 6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Surxon” futbol klubini yangi investorlarga sotish, bunda klubning shu sanaga qadar bo‘lgan qarzdorligi Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan qoplab berilishi belgilangani ma’lumot sifatida qayd etildi. O‘tgan vaqt davomida viloyat hokimligi mavjud qarzdorlikning haqiqiy miqdoriga aniqlik kiritib, keyinchalik mazkur ishni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oshirdi. Bularning barchasi ma’lum vaqt talab etdi. Shunga qaramay, Assotsiatsiya, Liga hamda Uyushma FIFA nizomlari asosida sobiq futbolchi va murabbiylar huquqini himoya qilgani holda “Surxon” klubiga nisbatan qator sanksiyalar qo‘llab keldi. Ya’ni, Surxondaryo viloyati prokuraturasining talabi ijrosi bajarilguniga qadar, mazkur masala o‘z aktualligini yo‘qotmadi. Natijada “Surxon” klubining yangi investorlari o‘ziga tegishli bo‘lmagan majburiyatlar sabab yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida qator muammolarga duch keldi. 

    Yig‘ilishda ishtirok etgan Liga vakillari “Surxon” klubi bilan 2023 yilgi mavsumdan boshlab o‘zaro shartnomaviy majburiyatlar bo‘yicha hech qanday muammo mavjud emasligini qayd etdi. Aksincha, bugunga kelib “Surxon” Assotsiatsiya hamda Liga tomonidan qo‘yilgan barcha talabni o‘z vaqtida bajarib kelmoqda. Mazkur holatlarni inobatga olib, O‘FA Apellyatsiya qo‘mitasi “Surxon” futbol klubiga nisbatan joriy yilning 2 iyul sanasida qo‘llanilgan barcha sanksiyalarni to‘xtatib turish bo‘yicha qaror qabul qildi. Ya’ni, “Surxon” yozgi transfer oynasida belgilangan limitdan chiqmagan holda har qanday yangi futbolchini Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin. Biroq Uyushma himoyasi ostida qolayotgan 6 nafar sobiq futbolchi bilan bog‘liq masala yuzasidan tegishli organlar qayta huquqiy bahosini bersa, mazkur ish qayta ochiladi va u bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi. 

    Shuningdek, Apellyatsiya qo‘mitasi “Neftchi” futbol klubining apellyatsiya shikoyatini ham ko‘rib chiqdi. Bunda “Neftchi” futbol klubi tomonidan O‘FA Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasining qarorlariga nisbatan bir necha bor bepisand munosabatda bo‘lingani, klub tomonidan moliyaviy majburiyatlarning takroriy buzilishi qayd etildi. Shunga qaramay, “Neftchi” joriy 16 iyuliga qadar sobiq futbolchilari bilan hisob-kitob qilgani ta’kidlandi. Vaholanki, klub kafolatiga ko‘ra mazkur qarzdorlik aprel oyidayoq bartaraf etilishi lozim edi.

    Qo‘shimchasiga, “Neftchi” shu yilning 28 iyun sanasiga qadar Liga oldidagi shartnomaviy majburiyatlarini to‘liq bajarib bo‘lishi belgilangan bo‘lsada, klub hozirga qadar mazkur majburiyatlarni mutlaqo bajarmasdan kelmoqda. Shunga qaramay, Liga “Neftchi” klubi ustidan O‘FA qo‘mitalariga shikoyat kiritmagani ma’lumot uchun qayd etildi. 

    Barcha masala ko‘rib chiqilgach, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etildi hamda avvalgi qaror o‘z kuchida qoldirildi. Endilikda “Neftchi” yozgi transfer oynasida belgilangan limit doirasida mahalliy futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin. Xorijlik futbolchiga nisbatan taqiq esa o‘z kuchida qoladi.

    “Navbahor” futbol klubi O‘FA Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitaga shu yilning 2 iyul sanasidagi qarori yuzasidan qayta murajaat qildi. Qo‘mita ikki ish kuni ichida klubga rasman rad javobini taqdim etdi. Xatda “Navbahor” futbol klubining qo‘mita qarorlariga nisbatan bir necha bor bepisand munosabatda bo‘lgani, ularning ijrosini belgilangan muddatda bajarmaganidan kelib chiqib, xorijiy futbolchilarni yozgi transfer oynasida ro‘yxatdan o‘tkazishga uzil-kesil taqiq qo‘yilgani tushuntirildi.

    “Neftchi” kabi “Navbahor” futbol klubi ham shu yilning 28 iyun sanasiga qadar Liga oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq bajarishi lozim edi. Biroq klub mazkur masalada ham hozirgi kunga qadar mutlaqo harakatsiz hisoblanadi. Shunga qaramay, Liga O‘FA qo‘mitalariga shikoyat arizasiga kiritmagan. 

    Endilikda “Navbahor” yozgi transfer oynasida belgilangan limit doirasida mahalliy futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Xorijiy futbolchi bilan shartnoma esa Liga ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi”, deyiladi O‘FA xabarida.

    25.07.2024, 14:35   Izoh (0)   3856
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Paxtakor” Elit Chempionlar Ligasi o‘yinlarini “Bunyodkor”da qabul qiladi 

    09.07.2024, 19:10

    Birinchi davrani Toshkentda o‘tkazgan “Surxon”, ikkinchi davrani Samarqandda boshlaydi 

    12.07.2024, 15:05

    O‘zbekiston terma jamoasining sobiq darvozaboni “Navbahor”ni tark etdi 

    23.07.2024, 09:40

    Gandbol bo‘yicha Shvetsiya jamoasi o‘z hisobidan matras sotib olishga majbur bo‘lmoqda

    25.07.2024, 13:13

    Timur Kapadze Ispaniya bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrini bildirdi

    25.07.2024, 10:53

    Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Iroq bilan o‘yindagi mag‘lubiyat sababini aytdi

    25.07.2024, 10:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.