Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari doirasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
![](/static/2024/07/25/photo_2024-07-24_19-07-10-GJRtYLVM.jpg)
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev oilaviy sabablarga ko‘ra terma jamoa ixtiyorini vaqtinchalik tark etdi.
Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur o‘yinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.
Izoh (0)