Qashqadaryoda Germaniyaning kasb-hunar maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.
Aytilishicha, Qashqadaryo viloyat delegatsiyasi aʼzolari Leypsig shahridagi Avestos kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Qashqadaryo viloyatida tajriba-sinov tarzida nemis o‘quv dasturlari va texnologiyalari asosida professional kasb-hunar maktabini tashkil etish loyihasi ilgari surildi.
Maktabda nemis tili va kasb-hunar, jumladan, mashinasozlik, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalarida malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Tadbir yakunida ikki tomon o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, Germaniyada xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalarida dual tizim asosida o‘qib, ham ishlayotgan yoshlar bilan ushrashuv o‘tkazildi.
Izoh (0)