Daryo

Maosh 1,5 ming dollar: O‘zbekistonliklar Yaponiyaga ishga taklif etilmoqda

Nomzodlar 5 yilgacha ishlashga tayyor bo‘lishi kerak

1 daqiqa o‘qish53 624 ko‘rishlar0 izoh4

O‘zbekistonliklar Yaponiyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi. 

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati

Ma’lum qilinshicha, ish joyi: Yaponiyaning yirik qurilish kompaniyasi Shimizu Corporation. Ish tajribasi talab etilmaydi. Oylik maosh: 220-235 ming iyena (soliqlar bilan birga qo‘shib hisoblaganda). Qo‘shimcha ish soatlari uchun alohida ustama haq to‘lanadi.

Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar:

  • O‘zbekistondan Yaponiyagacha bo‘lgan aviachipta yo‘l kira haqi;
  • Aeroportdan kutib olib yashash joyigacha kuzatib borish

Ish beruvchi nomzodlarni og‘zaki suhbatlar asosida tanlab oladi. Talablar:

  • erkaklar;
  • 18-35 yoshgacha;
  • yapon tili sertifikati: JLPT N4 yoki JFT Basic A2;
  • qurilish maxsus malaka imtihoni sertifikati (Tokuteigino 1-go); 
  • maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
  • 5 yilgacha ishlashga tayyor.

Ro‘yxatdan o‘tish

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar