Rossiya Yevropa uchun ulkan tahdidga aylandi, deya Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok X ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirdi.
Bugungi kunda Rossiya biz uchun va Yevropadagi tinchligimiz uchun eng katta tahdiddir, dedi u.
Berbok shuningdek, G‘arb go‘yoki Rossiya bilan boshqacha munosabatda bo‘lishni xohlayotganini, ammo hech narsa natija bermaganini aytgan.
Iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning NATOga hujum qilmoqchi ekanligi haqidagi da’volarni bema’nilik deb rad etgan edi. Uning ta’kidlashicha, bu G‘arb tomonidan o‘z fuqarolarini aldash va o‘zining hukmron mavqeini saqlab qolish uchun qilinmoqda.
Bundan avval Berbok Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOni urushga tortish istagida ekanligini aytib, Ukraina bo‘yicha muzokaralarni rad etishda ayblagan edi.
Bundan tashqari, Berbok Putin g‘alaba qozonsa, Yevropada xavfsizlik va xalqaro tartib xavf ostida qolishini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, vazir Ukrainaga Yevropa Ittifoqi qo‘shinlarini yuborishga qarshi chiqqan.
Izoh (0)