• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    “Yerda yotgan akamning ko‘z chanog‘idan qon oqib turardi”. Doston Ubaydullayev bolaligida hayotning og‘ir zarbalariga uchragani haqida

    Bugungi kunda san’atdan uzoqlashgan sobiq xonanda Doston Ubaydullayev Inoyatillo Andijoniyning YouTube’dagi kanaliga bergan intervyusida hayotning achchiq zarbalari, yaqinlaridan judo bo‘lgani to‘g‘risida gapirdi.

     

    — Asli san’atkorlar oilasidanman, bobo-buvilarim san’atkor bo‘lgan. Oilada uchta judolikni boshimdan o‘tkazganman. Uch o‘g‘il bo‘lganmiz — katta akam vafot etgan. Ismi Qahramon edi, musiqa maktabida o‘qigan, fortepiano chalardi. Kichik akam Sanjar ham musiqa sohasida tahsil olgan, u violonchel chalgan. Otam rahmatli bizni “Tomosha” folklor teatriga olib borgandi. Men solist sifatida qatnashardim, deya so‘z boshladi Doston Ubaydullayev.

    Foto: Instagram

    — 1992-yilda “Tomosha” folkor teatri qatnashchilari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon yoshlar festivaliga taklif qilingandi. O‘shanda 8 yosh edim. Oilamizdan uch kishi — men va ikki akam, ustozimiz va boshqa ishtirokchilar bilan jami 12-13 kishi bo‘lib yo‘lga chiqdik. Istanbul aeroportidan tushdik, bizni ikkita gid kutib oldi va Antaliyaga katta avtobusda 12 soatlik yo‘lga tushdik. Men haydovchiga yaqin joyda o‘tirdim, akalarim va boshqalar orqada o‘yin-kulgi qilib ketishdi. Bir odatim bor, mashinadami, samolyotdami, avtobusdami, yo‘lda ko‘zimga uyqu kelmaydi, faqat yo‘lga qarab ketaman, deydi Doston Ubaydullayev.

    Foto: Instagram

    — 19-aprel, kuchli yomg‘ir yog‘ayotgandi. U yerda ham o‘zimizdagidek dovonlar bor ekan, shu joylardan o‘n soatlik yo‘lni bosib o‘tdik, manzilimizga ikki soat qolgandi. Uydan ketayotganda onam Alloh asrasin deb, katta akamning bo‘yniga tumor taqib qo‘ygan ekan. O‘sha tumor bo‘ynimga botyapti, sen taqib olgin, men avtobusning orqa tomoniga o‘tib uxlayman, dedi akam. Kichik akamga esa qo‘lidagi soatni taqib qo‘ydi. Deyarli 15 soatlik yo‘ldan charchab, shunchaki ko‘zimni yumib ketayotgandim. 

    Avtobus juda qattiq chayqalishni boshladi. Yonimizda chuqurligi 20 metrlik jarlik bor edi, agar shunga tushib ketsak, hech kim omon qolmasdi. Ikkinchi tarafimiz qoyatoshlar, ikki kishi avtobusni o‘sha tomonga qarab burishdi. Shunda avtobusning orqasi, ya’ni akam yotgan taraf qoyatoshga juda qattiq urildi. Avtobus dumalab ketdi, 100-120 km/soat tezlikda ketayotganimiz uchun tez to‘xtamadi. Men o‘rnimdan turib, ikkita temirni ushlab oldim, lekin qo‘rquvdan tilim aylanmay gapirolmay qoldim. Avtobus urilganda oyna sinib, akam zarb bilan tashqariga otilib ketgan ekan.

    Avtobus to‘xtagach, kichik akam bilan bir-birimizni topdik, lekin katta akamning ovozi eshitilmayotgandi. Qarasak, uzoqda kimdir yotibdi, hammayog‘i qonga belangandi. Borsak Qahramon akam ekan, ko‘zining o‘rni qonga to‘lib yotibdi. Turklar mehribon xalq ekan, mashinada o‘tib ketayotganlar ham tushib, kimdir sun’iy nafas berdi, kimdir birinchi yordam ko‘rsatdi. Shunda akam bir chuqur nafas oldi. Ha bo‘ldi, tirik ekan, deb xursand bo‘ldik. Keyin bilsak, akamning ko‘zi o‘sha paytning o‘zida oqib tushgan ekan. Kasalxonaga olib ketishdi. Biz mehmonxonaga joylashdik, men va kichik akamdan tashqari, hamma festivalga borib qatnashib keldi, deya suhbatni davom ettirdi Doston Ubaydullayev.

    Foto:Instagram

    — Kichik akamning ham beli yirtilgan ekan, tikishdi. Bir haydovchi va bir gid ayol vafot etdi. O‘zbekistonda onam Rossiya telekanalini tomosha qilayotganida yangiliklarda “Yoshlar festivali uchun O‘zbekistondan kelgan bolalar avtobusi avtohalokatga uchradi, yo‘lovchilarning hammasi halok bo‘ldi”, deb noto‘g‘ri ma’lumot berilgan. Onam o‘sha paytning o‘zida ado bo‘lgan. Otam vazirlikka ma’lumot olish uchun borgan. Bizga akamning vafot etganini aytishmagan. Sog‘lig‘i yaxshi, Toshkentga jo‘natib yubordik, o‘sha yerda shifokorlar yaxshiroq qarashadi, deyishgan. Bola bo‘lganmiz, ishonganmiz. O‘zbekistonda esa Doston vafot etibdi, degan gap tarqalib ketgan. U paytda Telegram, ijtimoiy tarmoqlar yo‘q edi, ota-onam bilan ham gaplasholmaganmiz. Ketayotganimizda otam ul-bul olarsiz deb qo‘limizga pul bergandi. Akam yaxshi ekan, xursand bo‘ladi deb unga, ota-onamga rosa sovg‘a-salom olganmiz, deydi u.

    Foto: Instagram

    — Birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonidan shaxsan bosh vazirga delegatsiyani qaytarib olib kelishi haqida topshiriq berilgan. O‘zbekistonga keldik, samolyot qo‘ngach, oynadan dadamni ko‘rdim — boshida do‘ppi, egnida to‘n, belida qiyiqcha. Bilsam, akamning jasadi tobutda biz bilan kelgan ekan. Men ko‘rganimda nafas olganida joni chiqqan ekan, shifoxonagacha yetib bormabdi. Uygacha bizni sirenali mashinalarda olib borishdi. Akamni qabrga qo‘yib kelganimizdan keyin onam ham qattiq tushkunlikka tushib qoldi. Har ikki gapining birida “Men ham akangning orqasidan ketaman”, deydigan bo‘lib qoldi. Televizorda berilgan noto‘g‘ri xabarni eshitganlarida qattiq stressdan saraton hujayralari ochilib ketgan ekan. Sog‘liqlari yomonlashdi, 9 oyda 3 marta operatsiya bo‘ldi. Uyimizdan bir yil ichida ikkinchi marta tobut chiqdi, onam vafot etdi, — deya iztirob bilan so‘zladi Doston Ubaydullayev.

    11.07.2024, 12:15   Izoh (0)   17328
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Futbolchi bo‘lish orzum amalga oshmagan” — Davron Ergashev o‘g‘lining Amerika futbol klubida to‘p surishi va bolalarining tarbiyasidan xavotirda ekanligi haqida (...

    21.06.2024, 17:35

    O‘zbek shou-biznesidagi gonorari eng qimmat xonandalardan biri, uch farzandning otasi Tohir Sodiqov 51 yoshda (foto, video)

    03.07.2024, 12:00

    “Xalq duosi bilan sog‘lig‘im tiklandi” — “Azizim” qo‘shig‘i orqali tanilgan Jasurbek Jabborov Parkinson kasalligidan tuzalgani haqida (video) 

    08.07.2024, 18:26

    Katta filmlarga kichik qadamlar bilan: mashhur yulduzlarning birinchi rollari 

    11.07.2024, 10:47

    27 qavatli hashamatli uy, 6 qavatli avtoturargoh, 3 ta vertolyot maydonchasi: Osiyoning eng boy oilasi qanday uyda yashaydi?

    11.07.2024, 09:40

    Mashhur turk aktyorlari ishtirokidagi muvaffaqiyatsiz film va seriallar 

    10.07.2024, 18:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.