• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    “Xalq duosi bilan sog‘lig‘im tiklandi” — “Azizim” qo‘shig‘i orqali tanilgan Jasurbek Jabborov Parkinson kasalligidan tuzalgani haqida (video)

    “Azizim”, “Shahnozalar”, “Kelasanmi” qo‘shiqlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan xonanda Jasurbek Jabborov to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor “Daryo” muxlislari uchun intervyu berdi. Xushovoz xonanda Parkinson kasalligiga chalingan edi. U Hindistonda murakkab operatsiyani boshdan o‘tkazib, kasallik davri qanday kechgani haqida so‘zlab berdi.

    — Menda bu kasallik boshlanganiga sakkiz yil bo‘ldi. Avvaliga o‘ng tarafimdan boshlandi, depressiyaga tushib qolardim. Hech kimga bildirmay o‘zim shifokorga tekshirtirib yurdim. Dorilar ta’sir qilmadi, kasallik kuchayib ketaverdi, 4-5 yil uydan chiqolmay qoldim. Shukrlar bo‘lsin, oxiri baribir yengib o‘tdim, — deydi Jasurbek Jabborov.

    Foto:“Daryo”

    — Oilam chet elga olib borib davolatamiz, deyishganda yo‘q degandim. Sababi muolajalar u yerda arzon emas, bilasiz. O‘zimizda davosi topilmagach, Hindistonga borib faqat muolaja olib qaytmoqchi bo‘ldim. Operatsiya rejada umuman yo‘q edi. Lekin operatsiya qilishdi, hozir ancha yaxshiman.

    Qashqadaryodan to‘ydan qaytayotganimizda avtohalokatga uchradik, juda qattiq qo‘rquv bo‘ldi. Shundan to‘rt oy o‘tib kasallik boshlandi. “Atirgullar ochdi chiroy”ni yozgandik, 2015-yillar edi. Ertalabdan o‘ng tarafimda qaltiroq boshlanardi. Doktorlar avvaliga tashxis qo‘yisholmadi, keyin Parkinson kasalligi deyishdi. Unga hali davo topilmagan ekan, ishongimiz kelmadi. Parkinson ko‘pincha 50 yoshdan oshganlarda kuzatilarkan, lekin menda avtohalokatdagi qo‘rquv tufayli bo‘ldi deb o‘ylayman. Chunki ro‘paradagi mashina bilan qarama-qarshi kelib qolgandik, — deydi xonanda.

    Foto:“Daryo”

    — Boshidan o‘tgan tabib deganlaridek, bu kasallik bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ketdim desam ham bo‘ladi (kulib). Internetda qanday ma’lumot bo‘lsa hammasini o‘qib chiqdim. Parkinsonning davosi faqat operatsiya, vaqt o‘tkazmasdan operatsiya qilish kerak, chunki juda tez rivojlanadi. Menda kasallik shunchalik kuchayib ketdiki, ovqat yeyishga, chaynashga qiynaldim. Allohga shukr, sog‘lig‘imni qaytarib berdi. Bu tuzalganimdan keyingi tarixda qoladigan suhbat bo‘lyapti, — deydi Jasurbek Jabborov.

    Foto:“Daryo”

    — Operatsiya tugab, narkoz tarqaganidan keyin ham bir oy shifokorlar nazoratida bo‘ldim. San’atkor ekanligimni bilib u yerda meni “singer, singer” deb yurishdi (kulib). Shifokorlar ham bir-biriga meni ko‘rsatib, operatsiyadan zo‘r chiqdi, juda muvaffaqiyatli o‘tdi, deyishardi. Chunki ko‘pchilikda mimikalar qotib qolish holati ham bo‘larkan. Buning barchasi Allohdan, xalq duosidan, dedim. Ishonasizmi, muxlisim Gruziyadan Hindistonga ko‘rgani kelib, “Atirgullar ochdi chiroy”ni aytib berdi. Xalqimiz duodan to‘xtamadi, juda xursand bo‘ldim, — deydi san’atkor.

    “Atirgullar ochdi chiroy” qo‘shig‘ini sakkizta davlat — qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston qo‘shiqchilari, uyg‘ur qardoshlarimiz, Tojikiston va Hindiston san’atkorlari kuylagan. Qo‘shiq ustoz san’atkor Kozim Qayumovga tegishli.
    Foto:“Daryo”

    — Xalqdan yordam so‘rash fikri tarjimonimizdan chiqdi. Videolarim tarqalgach 12 kun ichida 40 ming AQSH dollari yig‘ildi. Xonandalar ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida videoni xalqqa yetkazishda hissa qo‘shdi, — deydi Jasurbek Jabborov.

    Xonanda unga xalq beminnat yordam qo‘lini cho‘zganidan minnatdor ekanligini aytdi. Ukasi bilan birgalikda o‘zi ham yordamga muhtoj bolalar davolanishi, operatsiya xarajatlarini qoplashda xayriya guruhi tashkil qilgani haqida ma’lum qildi.
    Foto:“Daryo”

    — Ijodga qaytish niyatim bor, lekin yana biroz vaqt kerak. Raqobat kuchli, yaxshilab tayyorgarlik ko‘rganimdan so‘ng qo‘shiq kuylayman. Xalq ko‘p kutdi, shunga yarasha ijod namunasi tayyorlash kerak-da. Tilagim, hamma sog‘ bo‘lsin, hech kim hech qachon dard chekmasin, — deydi xonanda.

    08.07.2024, 18:26   Izoh (0)   21268
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qo‘l titrashidan avvalroq Parkinson kasali rivojlanayotganidan darak beradigan simptomlar

    21.01.2021, 11:59

    “80 yoshga kira olmayman”. “Kelajakka qaytib” filmi yulduzi Maykl Jey Foks Parkinson kasalligidan aziyat chekmoqda

    05.05.2023, 14:21

    “Kelajakka qaytib” filmi yulduzi Maykl Jey Foks Parkinson kasalligi bilan qanday kurashayotgani haqida gapirdi

    07.11.2023, 15:30

    Instagram: xonanda Jasur Jabborov Parkinson kasalligiga chalindi, Munisa Rizayeva Instagram’da 7 mln kuzatuvchiga ega bo‘ldi, Fathulla Mas’udovning nabirasiga unin...

    06.05.2024, 22:20

    “Futbolchi bo‘lish orzum amalga oshmagan” — Davron Ergashev o‘g‘lining Amerika futbol klubida to‘p surishi va bolalarining tarbiyasidan xavotirda ekanligi haqida (...

    21.06.2024, 17:35

    O‘zbek shou-biznesidagi gonorari eng qimmat xonandalardan biri, uch farzandning otasi Tohir Sodiqov 51 yoshda (foto, video)

    03.07.2024, 12:00

    Instagram: Parkinson kasalligidan tuzalgan Jasur Jabborov, Rashid Xoliqov xonadonida bayram, Aziza Nizomova ajrashdimi?

    06.07.2024, 10:16

    Parkinson kasalligi bo‘yicha mutaxassis Oq uyga tashrif buyurgan — NY Post

    07.07.2024, 20:40

    Instagram: “Qalpoq”dagi Sohiba uyli bo‘ldi, “Mitti vayn”chi Ulug‘bek BMW’si bilan xayrlashdi, milliy teatr jamoasi ta’tilga chiqdi

    08.07.2024, 11:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.