• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    O‘zbek shou-biznesidagi gonorari eng qimmat xonandalardan biri, uch farzandning otasi Tohir Sodiqov 51 yoshda (foto, video)

    Muxlislari unga baho berishda lug‘atlaridagi eng qoyilmaqom so‘zlarni ayamaydigan xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Bolalar” guruhi solisti Tohir Sodiqov sanʼatni endi boshlagan vaqtlaridayoq Amerikadagi musiqiy albomlar do‘konidagi ro‘yxatga qo‘shiqlari kiritilgan. Qisqa vaqt ichida mashhurlikka erishib, gastrollar safarlarida bir stadionda 2-3 marotaba konsert bergan, bugungi kunda to‘ylardagi “birrovi” narxi 2000 dollar bo‘lgan xonandaning sanʼatga kirib kelishi qanday kechgan?

    Foto: Instagram

    Tohir Sodiqovning bolaligidayoq dunyodan ko‘z yumgan otasi Bahromjon Sodiqov zahiradagi ofitser va uchuvchi bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin masʼuliyat o‘z yelkasiga tushgach, onasi zavodga ishga kirgan. Bolaligini juda yaxshi eslaydigan xonanda maktabda eng sho‘x o‘quvchilardan biri bo‘lgan bo‘lsa-da, yaxshi o‘qigan.

    Foto: Instagram

    — Maktabda juda sho‘x edim, lekin 10 yil o‘qib biror marta choragimga uch baho olmaganman. To‘rt baholarim ham bir-ikkita bo‘lardi xolos. Kitob o‘qish jon-u dilim edi. Men o‘zbek sinfda, opalarim esa rus sinfda o‘qishgan. Ammo rus tilini ham juda yaxshi bilardim. Maktabdosh do‘stlarimiz bilan 1989-yili guruh tashkil qilish va qo‘shiq aytish fikri paydo bo‘lgan. Javohir Zokirov pochchasi bilan gaplashib ko‘rishini aytgan. U paytda Nargiz Zokirovaning turmush o‘rtog‘i Ruslan Sharipov edi, — deydi Tohir Sodiqov.

    Javohir Zokirov sabab Tohir Sodiqov Ruslan Sharipov bilan tanishgan. U o‘z davrining eng hit qo‘shiqlarini yozadigan bastakori edi. “Bolalar” guruhining ilk tarkibida Bahodir Po‘latov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Javohir Zokirov, Nargiza Zokirova, Tofik Morduxayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar bo‘lgan.
    Foto: Instagram

    — Hamma biladi, o‘sha yillari Yuriy Shatunov boshchiligida “Laskoviy may” guruhining ijodi gullagan yillar edi. Biz ham barcha yoshlar singari ularga havas qilardik, baʼzida o‘xshashga intilardik. Guruhga nom topish kerak bo‘lganida ham “Jozibador may” deb nomlamoqchi bo‘lganmiz. Bir kuni Ruslan Sharipovning ofisiga borib, shu borada gaplashib qoldik. U o‘zbek qo‘shiqchilari bilan ishlasa ham bu tilni uncha yaxshi bilmasdi. Yoshimiz deyarli teng bo‘lsa ham “Patsani” deb murojaat qilardi. Shunda Bahodir Po‘latov “Bolalar” deb qo‘ysak-chi deb taklif kiritdi. Nom barchaga maʼqul bo‘lganidan keyin shunday nomlashga qaror qildik, — deydi xonanda.

    Guruh ilk yakkaxon konsert dasturini 1990-yil 23-fevralda “Alpomish” sport saroyida taqdim etgan. Yanvar oyida esa “Esingdami seni” nomli ilk albomi taqdim etilgan edi. Oradan uch oy vaqt o‘tmasdan muxlislardan konsert berish borasida jiddiy takliflar tushgan va ular “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida konsert berishgan.
    Foto: Instagram

    — O‘sha yillarda konsert tashkilotchilari bo‘lib ishlagan insonlar “Bolalar”ni juda yaxshi eslashadi. Talab yuqori bo‘lgani uchun bitta stadionda ikki-uch marotaba konsert berardik. Jamoamiz katta edi, uning ustiga diskoteka ruhiyatini yaratish uchun chiroqlar va ovoz kuchaytiruvchi uskunalarni ham o‘zimiz bilan olib yurardik. Endi Toshkentga qaytamiz deganimizda yana qaysidir viloyat yoki qo‘shni respublikadan taklif tushardi. Ammo juda qiyin yillar edi. Bir mashina pulingiz bo‘lsa ham do‘konlarda sotib olishga narsa bo‘lmasdi. Gastrollarda ovqatdan ko‘p qiynalardik, — eslaydi Tohir Sodiqov.

    Tohir Sodiqovning ilk bor AQSHga borganida ko‘zlariga ishonmagani va musiqiy do‘konda bo‘lgan voqealar haqida so‘zlab berdi.

    Birinchi marta AQShga borganim paytlarimda kassetalar yo‘qolib, disklar paydo bo‘layotgan yillar edi. “Bolalar” guruhi O‘zbekistondan birinchilardan bo‘lib albomini disk ko‘rinishida chiqargan. Yashirmayman, o‘shanda AQSHdagi baland binolarni ko‘rib og‘zim ochilib qolgandi. Musiqiy albomlar do‘koniga borganmiz. Mamlakat harfini tanlasangiz, u yerdagi mashhur qo‘shiqchilarning nomi chiqar ekan. O‘zbekistonlik qo‘shiqchilardan Turg‘un Alimatov, Munojat Yo‘lchiyeva va “Yalla” guruhining albomlari sotilar ekan. Sotuvchiga 10 ta yangi albomimni qoldirib, kartatekaga kiritib qo‘yishini so‘ragandim, — deydi Tohir Sodiqov.

    Foto: Instagram

    Qo‘shiqchi uylagan va ilk bor ota bo‘lgan kunini hayotidagi eng baxtli kunlaridan deb ataydi. Xo‘sh, ayoli Shahnoza bilan muhabbat tarixi qanday bo‘lgan?

    Foto: Instagram

    — Bir kuni Toshkentdagi Qorasuv dahasi tomondan qaytayotgandik. Yomg‘ir yog‘ib turibdi, bir qiz yo‘lda ketayotgan ekan. Unga rahmim kelib to‘xtasam, “Kerakmas, ketavering” deb noz qilgan. Ertasi kuni ham uni yo‘lda ko‘rganman. Xullas, ko‘nglim tushib, uy telefonini so‘raganman. Ammo meni haligacha qiziqtiradigani Shahnoza u dahada yashamagan, o‘qimagan bo‘lsa (kulib). Men bilan uchrashish uchun atayin yo‘limdan chiqqanmikan?

    Ayolim bilan to‘rt yil davomida bir-birimizni sinaganmiz. Onamga sovchilikka boring desam, “Avval ishni pishit, borsam uydagilari yo‘q desa-chi”, degan. Chunki onam juda g‘ururli inson bo‘lgan. Xullas, bir-birimizni sinaganimizdan keyin oila qurishni taklif qilganman. Ikki qiz va bir o‘g‘il farzandni tarbiyaladik. Shahnozaning asl kasbi shifokorlik, ammo farzandlarimiz sabab ishlamadi, ularning tarbiyasi bilan shug‘ullandi, — deydi Tohir Sodiqov.

    Tohir Sodiqov o‘zbek estradasida duetdosh tanlash borasidagi eng injiq xonanda hisoblanadi. Hatto, u Cover Up loyihasida g‘olib bo‘lgan yosh ijodkor bilan duet kuylashni ham rad etgan. Buning sababini quyidagicha izohlaydi.

    — Yuristim va menejerim bor. Men avvaldan duetlarni shunchaki ijro etgan odam emasman. Taklif u xonanda tomonidan kiritilayotgan bo‘lsa, albatta, haq so‘rayman. Men bilan duet aytish uchun 25-30 ming AQSH dollari miqdorida gonorar to‘lashi kerak. Ko‘rsatuvga borganimda kutilmaganda duet aytasiz deb qolishgan. 34 yillik sanʼatkor yosh ijrochi bilan duet kuylashi qanchalik to‘g‘ri? Dadasi yoki kanal maʼmuriyati pul bersa boshqa gap edi, — deydi xonanda.

    03.07.2024, 12:00   Izoh (0)   198621
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Avariyadan keyin, bir yil to‘shakka mixlanganman” — otasidan ayrilgan, maktabdayoq mashhurlikka erishgan va to‘ydan oldin ayolini to‘rt yil sinagan Tohir Sodiqov

    02.07.2023, 18:50

    Instagram: Belaruslik yigit bilan unashtirilgan Munisa Rizayeva, Tohir Sodiqovning dabdabali tug‘ilgan kuni, o‘g‘lini uylantirgan Mirzabek Xolmedov 

    02.07.2023, 20:29

    Instagram: Rixsitilla Abdullayev o‘g‘lini uylantirdi, Tohir Sodiqov nevarali bo‘ldi, Zarina Yo‘ldosheva singlisini uzatdi 

    19.10.2023, 22:20

    XXI asr filmlaridagi eng ko‘p gonorar to‘langan mashhur obrazlar: ularni qaysi aktyorlar gavdalantirgan?

    18.04.2024, 12:51

    Birgina film uchun 100 million dollardan ortiq gonorar olgan jahon kino yulduzlari

    11.05.2024, 14:53

    Forbes reytingi: 2023-yilda Gollivudning eng ko‘p gonorar olgan top-10 aktyorlari (foto)

    20.05.2024, 10:50

    Bahodir Jalolov janglardan tushgan gonorarni nimalarga sarflashi haqida aytdi (video)

    27.05.2024, 13:49

    Instagram: Raqqosa Parizoda og‘ir judolikka uchradi, Sevinch Mo‘minova 42 yoshni qarshi oldi, Shohruxxon o‘g‘lini to‘yga olib chiqmoqda

    01.07.2024, 11:07

    Instagram: Muqaddas Xoliqova xonadonida beshik to‘y, DJ Piligrim rafiqasi bilan ajrashdi, Tohir Sodiqov tug‘ilgan kunini nishonladi

    02.07.2024, 10:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13

    Misrdan O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning 2025-yildagi birinchi partiyasi yuborildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 14:01

    Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijdan qaytarishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 13:40

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.