Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar o‘rtasida “One Chip Challenge” chipsini isteʼmol qilish bo‘yicha chellenj boshlangani va salomatlik bilan bog‘liq bir qancha ko‘ngilsiz holatlarga olib kelayotgani to‘g‘risida maʼlumotlar tarqaldi. Sanepidqo‘mita holatga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, qo‘mita tomonidan “One Chip Challenge” mahsuloti uchun sanitariya-epidemiologik xulosa berilmagan, shu bilan birga, ushbu mahsulotga xulosa olish bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan murojaat ham bo‘lmagan.
“Shu o‘rinda, fuqarolarimizdan xavfsizligi tekshirilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilmaslikni va isteʼmol qilmaslikni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)