Toshkent viloyati Angren shahridagi 3 ta bog‘chadagi bolalar ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Sanepidqo‘mita holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Angren shahar shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga 13-sentabr kuni soat 14:00 dan boshlab 14-sentabr kuni soat 21:00 ga qadar shahardagi 10-sonli DMTT da tarbiyalanayotgan bolalar ko‘ngil aynishi, qayd qilish, tana haroratni ko‘tarilishi, tez-tez ich kelishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilib, ulardan 24 nafari ovqatdan zaharlanish yoki oshqozon faoliyatining funksional buzilishi birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan, 7 nafariga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ruxsat berilgan.
Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan laborator tekshiruvlar uchun yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan bemorlardan hamda DMTT omborxonasida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olindi. Bog‘chaning 240 nafar tarbiyalanuvchilari shifokorlar tomonidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, tibbiy nazoratga olindi va tashkilot ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.
Holat Sanepidqo‘mita tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Izoh (0)