Andijon viloyatining Marhamat tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Viloyat YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat 29-iyun kuni soat 20:50 larda, tumanning “Gar-Gar” MFY hududidan o‘tgan 4R-138 avtomobil yo‘lining 33 kilometrida sodir bo‘lgan.
2000-yilda tug‘ilgan haydovchi T.M. o‘zining Nexia-2 avtomobilida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga keskin chiqib yuborishi natijasida, asosiy yo‘ldan kelayotgan Matiz bilan to‘qnashib ketgan. Matiz haydovchisi esa rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketishi oqibatida, o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia va Tracker bilan to‘qnashgan
Ushbu YTH oqibatida Matiz haydovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan, transport vositalari texnik shikastlangan.
Izoh (0)