Daryo

Samarqandda pastlikka tushib ketgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi 

Hodisa transport vositasida kuzatilgan texnik nosozlik sabab yuzaga kelgan

1 daqiqa o‘qish4 909 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YTH oqibatida yong‘in chiqqan yuk mashinasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati

Qayd etilishicha, 20-iyun kuni soat 21:00 lar atrofida Kattaqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 84-kilometrida Navoiy—Samarqand—Buxoro yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yuk transport vositasida texnik nosozlik holati yuzaga kelgan. Oqibatda haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetki qismi pastlikga tushib ketgan va transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in zudlik bilan FVB xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q. Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB YXHB tomonidan dastlabki surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

  • Avvalroq Toshkent viloyati Parkent tumanida Damas, Jizzax hududidan o‘tgan xalqaro avtomobil yo‘lida Cobalt yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
  • Shuningdek, Toshkentda Mercedes-Benz mikroavtobusi yonib ketgan edi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar