Daryo

Sirdaryoda yuk avtomobili va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida yo‘lovchi jarohatlandi

1 daqiqa o‘qish7 086 ko‘rishlar0 izoh0

Sirdaryo tumani, Ziyokor MFY hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 83-kilometrida 28-iyun kuni soat 12:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati YHXB xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Maʼlum qilinishicha, Termiz-Toshkent yo‘nalishida Isuzu yuk avtomobili shu yo‘nalishda, yo‘lning o‘ng tomon qismida yo‘lovchilarni tushirish uchun to‘xtab turgan, 14 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Isuzu yo‘lovchi tashuvchi avtobusni orqa qismidan urib yuborgan.

Oqibatda avtobus salonida bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchi jarohat olib, Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hozirda Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar