Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonun bilan konvensiya ratifikatsiya qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, Xalqaro mehnat tashkilotining Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli konvensiyasi (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilingan.
Avvalroq Jahon banki hisobotida qonunchilikdagi ijobiy o‘zgarishlar va inson kapitali rivojlanishiga qaramay, O‘zbekistonda mehnat bozorida gender tengsizlik hali ham saqlanib qolayotgani aytilgan edi.
Agar xotin-qizlar iqtisodiy faoliyatda erkaklar bilan birdek ishtirok etsa, O‘zbekistonda milliy daromad 29 foizga oshadi. Ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maosh olishini ta’minlash 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan chiqarishga yordam beradi, — deyilgan hisobotda.
Mart o‘rtalarida esa O‘zbekistonda ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)