Ispaniya fuqarolik gvardiyasi Yevropol va AQSH Federal qidiruv byurosi ko‘magida o‘zini “Islomiy davlat” deb atagan tashkilot bilan bog‘liq yirik mediamarkazlardan birining faoliyatiga chek qo‘ydi, deya Euronews xabar berdi.
Ispaniya hukumati Jirona, Kadis, Almeriya va Tenerif shaharlarida ham 9 kishini hibsga olgan. Ulardan ikki nafari qamoqqa hukm qilingan.
Markaz serverlari radiostansiyalar, axborot agentliklari va ijtimoiy tarmoqlar orqali dunyo bo‘ylab nafrat tashviqotini tarqatishda foydalanilgan va kamida 30 tilda terrorizmga chorlovchi xabarlar yuborilgan.
Aynan shu tarmoq “Real Madrid” futbolchilari bo‘lgan avtobusga muvaffaqiyatsiz hujum uyushtirgan, shuningdek, Germaniyadagi “Yevro-24” va Parij Olimpiadasiga hujumlarni rag‘batlantiruvchi xabarlar tarqatgan, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)