AQSHning Stenford universiteti olimlari insonning xayolidan “o‘tayotgan” so‘zlarini o‘qiy oladigan miya implantini ishlab chiqdi. Bu gapirish qobiliyatini yo‘qotgan, falaj bemorlar uchun yangi imkoniyat eshigini ochadi, deb xabar bermoqda Financial Times.

Implant miyaning nutq uchun mas’ul qismiga o‘rnatiladi. Sinaluvchilar so‘zlarni xayolan talaffuz qiladi, qurilma esa neyron impulslarini qayd etadi. Sun’iy intellekt miya faoliyatini tahlil qilib, so‘zlarni gapga aylantiradi. Yon amiotrofik skleroz bilan og‘rigan uch bemor va insultga uchragan yana bir bemor bilan o‘tkazilgan sinovlarda deshifrlash aniqligi 74 foizga yetdi.
Yangi interfeysning asosiy farqi shundaki, undan hatto ovoz chiqarib gapirishga urina olmaydigan odamlar ham foydalana oladi. Bundan tashqari, tizim deshifrlash uchun mo‘ljallanmagan “ichki nutq”ni, masalan, miyada sanaladigan raqamlarni ham ilg‘ab olishga qodir. Maxfiylikni himoya qilish uchun nazorat choralari ishlab chiqilgan, bunda bemor parolni xayolan kiritish orqali deshifrlashni faollashtirishi mumkin, deydi mualliflar .
Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, hattoki “chitty chitty bang bang” iborasi bilan o‘tkazilgan tekshiruv 98 foiz hollarda muvaffaqiyatli ishlagan.
Izoh (0)