Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rilgan.
Ayni kunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Ziyodulla Karimov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Ziyodulla Karimov 1979-yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan.2001-yilda O‘zbekiston milliy universiteti, 2007-yilda Toshkent moliya instituti va 2010-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
May boshlarida Sardoba tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Akmal Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi. 2022-yil oktyabridan buyon Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Izoh (0)