Muzaffar Aripov Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muzaffar Aripov 1985-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti – oliy. 2010-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.
Piskent tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Yakubov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Shu munosabat bilan bugun, 11-aprel kuni Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etgan.
Izoh (0)