• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Zomin milliy bog‘ida Zaamin Ultra xalqaro ultramarafoni bo‘lib o‘tdi (foto)

    Zomin milliy tabiat bog‘i hududida  1—2-iyun kunlari Zaamin Ultra 2024 xalqaro ultramarafoni bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

    U Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkillashtirilgan Samarkand Marathon xayriya yugurish musobaqalari turkumiga debocha yasab berdi. Bu Zomin milliy bog‘idagi uchinchi poygadir.

    Poygada 2100 dan ortiq sportchi 20 ga yaqin mamlakatdan ishtirok etdi. Ular orasida AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Malayziya, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va boshqa davlatlar bor.

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

    Zaamin Ultra 2024 yo‘lagi Zomin milliy tabiat bog‘i hududi bo‘ylab o‘tib,  50K, 21K, 10K va 2K.lik to‘rt masofani o‘z ichiga oldi.

    • 50K masofada erkaklar o‘rtasida 04:12:35 natija bilan Nurziyad Begaliyev, ayollar o‘rtasida 05:56:05 natija bilan Olga Popova g‘olib bo‘ldi.
    • 21K masofada erkaklar o‘rtasida 01:35:53 natija bilan Artyom Sekachev, ayollar o‘rtasida 01:51:46 natija bilan Aleksandra Cherkas g‘olib bo‘ldi.
    • 10K masofada erkaklar o‘rtasida 0:53:46 natija bilan Bekzod Pardayev, ayollar o‘rtasida 0:59:48 natija bilan Aleksandra Kuznetsova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

    50K masofada bu yil rekord ham yangilandi: Nurziyad Begaliyev masofani o‘zidan avvalgi chopqirga nisbatan 12 daqiqa tezroq bosib o‘tdi. Mutlaq hisobdan tashqari yosh toifalari bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi.

    “Bu yil biz yana bir bor turli mamlakatlardan minglab kelgan sportchilarni birlashtirib, ularga orzularini ro‘yobga chiqarish va dunyodagi eng qiziqarli baland tog‘ yo‘laklaridan birida o‘z irodalarini sinab ko‘rish imkoniyatini berdik. Joriy etilgan yangi tamoyillar qatorida biz tabiatni, u mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan musaffo shaklda qoldirish muhim ekanligiga mas’uliyat bilan yondashib, turkum ekologik tashabbuslarni, jumladan, “plogging”, ya’ni plastik stakanchalardan voz kechish amaliyoti va boshqa tadbirlarni tashkil etdik. Barchani navbatdagi poygalarimizga qo‘shilishga taklif etamiz – iyun oyining oxirida Bo‘stonliq tumanida sport festivali bo‘lib o‘tadi, so‘ngra sevimli tadbirimiz Buxorodagi tungi poyga bo‘ladi, Samarqanddagi marafon an’anaviy ravsihda turkum musobaqalar mavsumini yakunlaydi”, — Mirxan Sagitov, Samarkand Marathon” yugurish musobaqalari turkumi rahbari.

    Tashkilotchilar tomonidan alohida e’tibor atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlariga qaratildi. Zominning betakror manzaralarini asrab-avaylash tashabbusi doirasida poyga yakunida “plogging” (qisqa masofalarga yugurish barobarida chiqindilarni to‘plash) tadbiri o‘tkazildi, shuningdek, bir martalik stakanchalardan foydalanmaslikka qaror qilindi.

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

    Marra maydonida Zaamin Ultra 2024 ishtirokchilari uchun medallar topshirildi. Bu yil medallar dizaynida Zomin milliy bog‘ining betakror manzaralari aks ettirildi.

    1-iyun poyga arafasida, Zaamin Ultra 2024 ultramarafonining mehmonlari va ishtirokchilari uchun elektron musiqa konserti bo‘lib o‘tdi. Ochiq sahnada minglab tomoshabinlar qarshisida DJ Yo‘ldosh, “QARAQOOM” guruhi chiqish qildi.

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

    Ushbu ultramarafonning uch yilligi sharafiga yopilish marosimi mushakbozlik bilan yakunlandi.

    05.06.2024, 11:22   Izoh (0)   9737
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda harakatlanayotgan Gentra oynasidan tanasini chiqargan qizga chora ko‘rildi

    05.06.2024, 11:10

    AQSHning Toshkentdagi elchixonasining sayti o‘zgardi

    05.06.2024, 11:00

    O‘zbekistonda alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi

    05.06.2024, 10:11

    O‘zbekistondagi yirik bozorlar temir panjaralar bilan o‘rab olinadi

    05.06.2024, 10:03

    O‘zbekistonda 6-iyun kuni o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

    05.06.2024, 09:51

    Toshkentda maktabda yuqori lavozimga ishga o‘tkazish evaziga 200 dollar olgan o‘qituvchi ushlandi

    05.06.2024, 09:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.