Smita Pant Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tashqi siyosiy idora rahbari Smita Pantdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan. Tomonlar turli sohalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, turizm, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni muhokama qilgan.
Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsadimiz bo‘lib qoladi. Elchi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizning foydalanilmagan salohiyatini kashf etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz, — deb yozadi Baxtiyor Saidov.
May oxirlarida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tailand hamda Filippinning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilgan edi. Undan oldin esa Valeriu Kiver Moldovaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangandi.
Izoh (0)