Acıbadem shifoxonalar tarmog‘i ginekologik onkokasalliklarni, jumladan, bachadon, tuxumdonlar va bachadon bo‘yni saratonlarini davolash bo‘yicha yetakchi tibbiy markaz hisoblanadi. Har bir bemor ayolga uning tashxisi va ehtiyojlariga asoslangan individual davolash rejasi tanlanadi. Acıbadem Ginekologik Onkologiya Markazi barcha turdagi ginekologik yomon sifatli o‘smalarni davolashda ekspertizaning yuqori darajasi bilan keng e’tirof etilgan.
Ko‘pgina xotin-qizlar uchun «saraton» tashxisi hayotidagi eng qiyin sinovlardan biriga aylanadi. Bu yengish qiyin bo‘lgan xavotir, ishonchsizlik va hissiy tanglik to‘lqinini qo‘zg‘atadi. Qo‘rquv, umidsizlik va tushkunlik hissi xotin-qizlar uchun ham, ularning yaqinlari uchun ham, ayniqsa tashxis qo‘yish chog‘ida odatiy holdir. Ammo bugungi kunlarda umid qilish uchun har qachongidan ham ko‘proq sabablar mavjud. Jarrohlik usullari yanada aniqroq bo‘ldi, kimyoterapiya va immunoterapiya kabi tizimli davolash usullaridan foydalanish imkoni kengroq ochildi hamda nur terapiyasining rivojlanishi o‘smaga samarali ta’sir qilish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Xotin-qizlar uchun ikkita asosiy maslahat mavjud. Birinchidan, xavotirga sabab alomatlarni bilish juda muhim, chunki erta tashxis davolanishni yanada avaylovchi qiladi va to‘g‘ri yondashuvda qaytalanish xavfini kamaytiradi. Ikkinchidan, yuksak malaka va tajribaga ega bo‘lgan klinikani tanlash lozim, chunki bu terapiya natijalariga bevosita ta’sir qiladi.
Sizdagi saraton o‘ylaganingizdek xavfli bo‘lmasligi mumkin
Ginekologik onkokasalliklarning turli-tuman ko‘rinishlari mavjud: bachadon bo‘ynining, tuxumdonning, endometriyning saratoni, shuningdek, ancha kam uchraydigan qin va vulva saratoni. Ushbu kasalliklar bosqichda farqlanishi mumkin, bosqichiga qarab davolash taktikasi ham, prognoz ham o‘zgaradi.
Ginekologik saratonning barcha turlari orasida, ayniqsa, bachadon bo‘yni saratoni ajralib turadi – uni ko‘pincha rivojlanish boshlanishidan avval oldini olish mumkin. Asosiy sabab inson papillomavirusi (VPCh) yuqishi hisoblanib, uni 90% hollarda oldini oladigan vaksinasi mavjud. Bundan tashqari, Papanikolau testi (PAP-test) kasallikni samarali davolash uchun uning eng erta bosqichida aniqlash imkonini beradi.
Endometriy saratoni bachadonning ichki shilliq qavatida rivojlanadi. Bir yaxshi xabar, u ko‘pincha dastlabki bosqichlarda alomatlari bilan namoyon bo‘ladi: g‘ayrioddiy vaginal qon ketish, qorinning pastki qismida og‘riq, postmenopauzada qon aralash oqma. Qator tadqiqotlarga ko‘ra, deyarli 70% hollarda o‘sma joyidan tarqab ulgurmagan holda tashxis qo‘yiladi, bu ko‘pincha jarrohlik bilan cheklanadigan muvaffaqiyatli davolanishning yuqori imkonini beradi.
Tuxumdon saratoni ginekologik saratonning yana bir turi bo‘lib, hali ishonchli skrining sinovi mavjud emas. Erta bosqichlarda kamdan-kam hollarda alomatlar bilan namoyon bo‘ladi va odatda ancha o‘tib ketganidan keyin tashxis qo‘yiladi. Shuning uchun 40 yoshdan keyin barcha ayollar uchun yillik profilaktik tekshiruvlar ayniqsa muhimdir.
Acıbadem’da davolashning zamonaviy strategiyalari yordamida saratonni yengish
Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ining ginekologik onkologiya markazida barcha turdagi ginekologik o‘smalarni davolashda ulkan tajriba to‘plangan. Shifokorlarning chuqur ixtisoslashuvi hatto eng murakkab holatlarda ham qulay prognoz imkoniyatini oshiradi va bemor xotin-qizlarning hayot sifatini anchayin darajada yaxshilaydi.
Erta bosqichda aniqlangan bachadon bo‘yni saratonini konizatsiya yoki traxelektomiya kabi farzand ko‘rish imkonini saqlab qoluvchi avaylovchi usullar bilan davolash mumkin. Ancha og‘ir holatlarda radikal gisterektomiya talab qilinishi mumkin. Jarayonning tarqalish hajmiga qarab, kimyoterapiya, nur terapiyasi yoki target (maqsadli) terapiya ham qo‘llaniladi.
Endometriy saratoni ko‘pincha erta, mahalliy bosqichidayoq tashxis qilinadi. Bunday hollarda asosiy davolash usuli jarrohlik bo‘lib, ko‘pincha yetarli hisoblanadi. Erta aniqlashda tana a’zolarini saqlash usullaridan ham foydalanish mumkin bo‘ladi. Keyinchalik dard tajovuzkor tus olganda kimyoterapiya, gormonal yoki nur terapiyasi qo‘shiladi.
Tuxumdon saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolash barcha ko‘rinadigan o‘sma o‘choqlarini to‘liq olib tashlashga qaratilgan. Ko‘pgina hollarda jarrohlikdan keyin kimyoterapiya buyuriladi. Jarayon tarqab ulgurganda, shuningdek, target terapiyasi va ba’zi hollarda nur terapiyasi ham qo‘llanilishi mumkin.
Ustuvorlik - Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida laparoskopik va robotlashtirilgan jarrohlik operatsiyalariga
Aksariyat hollarda Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida ginekologik onkokasalliklarni jarrohlik yo‘li bilan davolash laparoskopik yoki robotlashtirilgan usulda amalga oshiriladi, bu esa qorin bo‘shlig‘ini ochib operatsiya qilish zaruratini istisno qiladi. Ushbu kaminvaziv texnologiya maksimal aniqlikka erishish, reabilitatsiya davrini qisqartirish, asoratlar xavfini kamaytirish va davolash natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Acıbadem ginekolog-onkologlar jamoasi minglab operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan laparoskopik va robotlashtirilgan jarrohlik sohasidagi taniqli mutaxassislardir.
Bir manzilning o‘zida kompleks onkologik yondashuv
Acıbadem shifoxonalar tarmog‘i Turkiyada ham, mintaqalarda ham ginekologik onkokasalliklarni davolashda ilg‘or yordamni taqdim etadigan yuqori ixtisoslashgan klinik tarmoqdir. Mana 30 yildan oshibdiki, bu yerda o‘smaning joylashuvi va bosqichi turli xil bo‘lgan bemor xotin-qizlarga har taraflama va shaxsiylashtirilgan yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida jarrohlar, radioterapevtlar va kimyoterapevtlar faoliyatini yaqindan muvofiqlashtirib, integratsiyalangan yondashuvni va mumkin bo‘lgan eng yaxshi natijalarni ta’minlab ishlab kelmoqda. Onkologik davolashning barcha bosqichlarini bitta markazda birlashtirish evaziga bemor xotin-qizlar uyg‘unlashgan, qulay va inson farovonligiga yo‘naltirilgan tibbiy yordamdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.
Turkiyadagi Acıbadem shifoxonalarida davolanishga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan Acıbademʼning Toshkent, Samarqand va Buxorodagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin:
Toshkentdagi vakolatxonamizning manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li mavzesi, 19-uy.
Telefon: +998 95 144 54 45
Samarqanddagi vakolatxonamizning manzili: Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek 140.
Telefon: +998 66 234 41 71
Buxorodagi vakolatxonamizning manzili: Akademik I. Muminov ko‘chasi, 7.
Telefon: +998 55 311 54 44
Rasmiy sayt orqali barcha kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru
Shuningdek, qo‘shimcha maʼlumotlarni olish uchun, hamda tajribali va yuqori malakali shifokorlarning qabuliga yozilish uchun Acıbadem rasmiy Facebook va Instagram sahifalariga aʼzo bo‘lishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)