Isroil mudofaa kuchlari Livanda “Hizbulloh” guruhiga qarshi hujum boshlashga tayyor. Bu haqda ikki davlat chegarasiga tashrif buyurgan Isroil armiyasi rahbari Gerzi Halevi ma’lum qildi.
Biz qaror qabul qilinishi kerak bo‘lgan nuqtaga yaqinlashmoqdamiz. Sakkiz oydan beri bu yerda zarba bermoqdamiz va Hizbulloh juda yuqori tovon to‘laydi, — deydi Halevi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari “shimolda hujum qilishga tayyor”. Isroil armiyasi jangovar harakatlarni o‘tkazish uchun yetarli darajada tayyorgarlikdan o‘tgan va shay holatda.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish uchun G‘azodagi urushni 42 kunga to‘xtatishga tayyorligini aytgandi. Shu bilan birga, u Isroil o‘t ochishni butunlay to‘xtatmasligini qayd etgan.
Izoh (0)