O‘zbekistonda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha “Dalillarga asoslangan harakat” birinchi xalqaro kongressi o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kongress 300 dan ziyod ishtirokchi, shu jumladan JSST, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologlar maktabi, xorijiy universitet klinikalari va yetakchi tibbiyot markazlari rahbarlari, xalqaro va milliy ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati vakillarini to‘pladi.
Ziroat Mirziyoyeva kongressdagi nutqida “bu yerga biz yagona maqsadni ko‘zlab, o‘g‘il-qizlarimizning hayotiga zomin bo‘layotgan eng og‘ir kasalliklardan birini yengish uchun yig‘ildik. Har bir bola yashashga haqlidir. Bolalar kelajakda sog‘lom bo‘lishi, to‘laqonli hayot kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish bizning burchimizdir”, deb taʼkidladi.
Izoh (0)