“Zamin” fondi Vasiylar kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaning FAO bosh direktori o‘rinbosari hamda Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Viorel Gutsu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Zamin” fondi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda biologik xilma-xillikni asrash, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik taʼlimni ilgari surish bilan bog‘liq qo‘shma loyiha va tashabbuslarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Tomonlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ongli isteʼmol qilish bo‘yicha saʼy-harakatlarni faollashtirish zarurligi hamda barqaror ekologik masʼuliyatli xulq-atvorni shakllantirish muhimligini taʼkidlagan.
Izoh (0)