Andijon hamda Jizzax viloyatlarida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.R., M.Ya. va boshqalar oldindan o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida Asaka tumani “Ulug‘bek” MFY hududida joylashgan 20 sotix zaxiradagi yer maydoni hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 8 ming dollarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Tuyatortar” QLI irrigatsiya tizimi sho‘ba bo‘lim boshlig‘i Q.X. fuqaro O‘.S.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida ushbu irrigatsiya tizimiga qarashli 1 gektar yer maydonini hujjatlarni rasmiylashtirib olib berishi evaziga 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)