Andijon viloyatining Shahrixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydoni ajratib berishni vaʼda qilgan muhandis aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi” muhandisi U.T. fuqaro M.D.ning ishonchiga kirib, unga ushbu boshqarma tasarrufidagi 20 sotix yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ajratib berishi evaziga 2 500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, U.T.ning ushbu pullar hisobidan 500 dollarni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)