Toshkentning Bektemir va Olmazor tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.
Shu bois, ertaga, 4-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: “Husayn Boyqaro”, “Ustozlar”, “Abay” hamda “Bektemir” MFYlarining ayrim hududlarida soat 08:00 dan 17:00 gacha;
- Olmazor tumani: “Oltinsoy”, “Islom ota”, “Qichqiriq”, “Istiqbol”, “G‘alaba”, “Tabassum”, “Bo‘stonobod”, “Shodiyona”, “Yangi Toshkent”, “Moyariq”, “Ahil” hamda “Elparvar” MFYlarining ayrim hududlarida soat 08:00 dan 17:00 gacha.
“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)