Nigeriyada yuz bergan umummilliy ish tashlash oqibatida mamlakatning yirik viloyatlari elektr tarmog‘idan uzilib qoldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, mamlakatda kasaba uyushmalari yetakchiligida yirik ish tashlashlar kuzatilgan. Past ish haqi oluvchi ishchilar mamlakat elektr tarmog‘ini uzib qo‘ygan.
Nigeriyadagi umummilliy ish tashlash oqibatida havo qatnovi ham to‘xtab qolgan. Elektr yo‘qligi tufayli yirik korporatsiyalarda ish to‘xtab qolgan.
Elektr taʼminotidan uzilib qolgan fuqarolar soni bir necha o‘n millionga yetishi mumkinligi aytilgan. Viloyatlar markazlarida namoyishchilar va rasmiylar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga kelgani xabar qilingan.
Oldinroq kasaba uyushmalari hukumat bilan federal eng kam ish haqini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borgani xabar qilingan. Har qancha saʼy-harakatlarga qaramay, muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugagan. Bu ham yetmagandek, hukumat elektr energiyasi tariflarini ham oshirgan.
Nigeriya Afrikaning to‘rtinchi yirik iqtisodiyoti bo‘lishiga qaramay, mamlakat eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha qitʼaning birinchi o‘ntaligiga ham kirmaydi. Bu yerda ishchilar oyiga 465,4 dollar atrofida daromad topadi.
Izoh (0)