Eron prezidentligi saylovlarida ishtirok etish uchun 22 nomzod ro‘yxatdan o‘tdi.
Bu haqda Eron saylov komissiyasi vakili Muhammad Eslamiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Mehr” nashri.
“Saylov komissiyasi tomonidan 86 nafar nomzodning arizasi ko‘rib chiqilib, ulardan 22 nafari ro‘yxatga olindi”, — dedi u.
Eslamiyning qayd etishicha, ro‘yxatdan o‘tganlar orasida 21 nafari erkak va bir nafar ayol bor.
Uning eslatishicha, dushanba ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, u mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da tugagan. Ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirilmaydi.
Izoh (0)