• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Kurash G‘arb va Rossiya o‘rtasida ketmoqda”. AQSH nega ikkilanmoqda?

    Kecha, 31-may kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiya hududini o‘qqa tutishda Amerika qurollaridan foydalanishga yashirincha ruxsat bergani haqida xabarlar tarqaldi. Xususan, bu haqda Oq uydagi manbalarga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi. Biroq hozircha ushbu maʼlumot rasman tasdiqlanganicha yo‘q. Bundan oldinroq Yevropaning 11 ta mamlakati ham Ukrainaga taqdim etilgan qurollardan Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishga ruxsat bergan edi. Xo‘sh, G‘arbning bu yurishiga Rossiya qanday javob qaytaradi?

    “Daryo” ushbu mavzu atrofida iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul va siyosatshunos Oybek Sirojovlar bilan suhbatlashdi.

    Shuhrat Rasulning taʼkidlashicha, G‘arbning bunday qarorga kelishiga Rossiyaning yadroviy mashqlarni boshlagani sabab bo‘lgan.

    “May oyining boshidan boshlab Rossiya armiyasi Xarkov yo‘nalishi bo‘ylab hujumga o‘tdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, rus generallari 9-may kuniga qadar Xarkov shahrini egallab olishni reja qilgan bo‘lgan. Hozir Xarkov shahrida bo‘layotgan janglar mana shu rejaning mahsuli. Biroq eskalatsiyani yangi bosqichga ko‘targan narsa bu — Rossiya prezidentining taktik yadro mashqlarini amalga oshirish haqidagi buyrug‘i bo‘ldi. Yaʼni eskalatsiya jarayonini Rossiya kuchaytirdi. G‘arbning 11 ta mamlakati esa Rossiyaga javob tariqasida Ukrainaga berilgan qurollardan Rossiya ichkarisidagi nishonlarga zarba berishga ruxsat berdi”, — dedi iqtisodiy tahlilchi.

    Biroq siyosatshunos Oybek Sirojov ushbu masalaga boshqacha yondashib, Rossiyaning Xarkovga hujumi aslida bufer hudud yaratish maqsadida amalga oshirilganini taʼkidladi.

    “Xarkov Rossiyaga juda yaqin shahar hisoblanadi. Ukraina aynan Xarkov orqali Rossiyaning Belgorod shahriga bir necha bor hujum amalga oshirdi. Aynan shuning uchun Xarkov hududiga yangi front ochildi. Yaʼni Rossiyaning maqsadi Xarkov shahrini egallash emas, balki o‘zining xavfsizligi uchun bufer hudud yaratish. Hozir bu urushda qaysidir hududni egallash ustuvor ahamiyat kasb etayotgani yo‘q. Bu urushda asosiy maqsad — tomonlar bir-birini holdan toydirish. Yaʼni bu kurash G‘arb va Rossiya o‘rtasida kechmoqda.

    Suhbat davomida
    Foto: “Daryo”

    Xarkovda yangi front ochilishi Ukrainaning ayrim harakatlarini cheklaydi. O‘zi nega Ukraina vaqti-vaqti bilan Rossiyaning Belgorod shahriga hujumlarni amalga oshirayotgan edi? Aslida, bu harakatlar harbiy nuqtayi nazardan hech narsa bermaydi. Bu, aslida, siyosiy nuqtayi nazardan Rossiyaning reputatsiyasiga jiddiy zarba. Yaʼni bu Rossiya jamoatchiligida urushga nisbatan norozilikni kuchaytirish uchun amalga oshirilayotgan edi.

    Ukrainaning G‘arb bergan qurollardan Rossiyaning qaysi hududlariga zarba berishi va bu nima oqibatlarga olib kelishini tahlil qilsak, shu vaqtga qadar Ukraina G‘arb qurollari bilan faqat 1991-yilgacha bo‘lgan chegaralar kesimida hujum amalga oshirishi hamda Rossiya chegaralariga zarba berishi mutlaqo taqiqlangan edi. Buni AQSHning bir qancha siyosatchilari ham aytgandi. Lekin hozir bu masala o‘zgardi. Yaʼni G‘arb Rossiya ichkarisida beqarorlik vujudga keltirish uchun shunday qarorga kelgan. Chunki urushning borishiga front ortidagi jarayonlar ham taʼsir ko‘rsatadi”, — dedi siyosatshunos.

    Shuningdek, Oybek Sirojov Jo Bayden maʼmuriyati Ukrainaga Amerika qurollaridan foydalangan holda Rossiya hududiga zarba berish borasida nega ikkilanayotganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

     “AQSH oldida yadro quroliga ega davlat sifatida o‘ziga xos masʼuliyat mavjud. Jo Baydenning siyosiy faoliyatiga eʼtibor bersak, 70-yillarda Amerika va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi yadro qurollarni qisqartirish bo‘yicha dasturlarda bevosita ishtirok etgan. Yaʼni Bayden Rossiyaning yadro potensiali qandayligini va yadro quroli qanday kuchga ega ekanligini o‘z tanasida his qilib ko‘rgan. Shu nuqtayi nazardan Jo Bayden yadroviy halokat qanday oqibatlarga olib kelishini juda yaxshi biladi. Shuning uchun AQSH bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda”, — dedi Oybek Sirojov.

    Suhbatning to'liq versiyasini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

    01.06.2024, 16:50   Izoh (0)   7999
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    NATO Rossiyaga yadroviy zarbalar berishni mashq qilmoqda — FXX

    28.05.2024, 11:43

    Polsha Ukrainaga uning qurollari bilan Rossiyaga hujum qilishga ruxsat berdi

    29.05.2024, 16:00

    Bayden Ukrainaga Amerika qurollari bilan Rossiyaga hujum qilishga ruxsat berdi

    31.05.2024, 13:11

    HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish taklifini olqishlashini bildirdi

    01.06.2024, 16:10

    Hindistonda jazirama tufayli yigirmaga yaqin odam halok bo‘ldi

    01.06.2024, 14:45

    Kolumbiyada ko‘prik o‘pirilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

    01.06.2024, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40

    “Oyligimni yarmi jarimaga ketsa kerak”: mashinasiga sirena o‘rnatgan haydovchiga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 22:30

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.