NATO chegara yaqinida Rossiya hududiga yadroviy zarbalar berish amaliyotini o‘tkazmoqda. Bu haqda Federal xavfsizlik xizmati (FXX) vakili Vladimir Kulishov xabar berdi.
Rossiya chegarasi yaqinida NATOning razvedka faolligi, alyans qo‘shinlarining tezkor jangovar tayyorgarligi kuchaymoqda, bu davrda Rossiyaga qarshi jangovar operatsiyalarni o‘tkazish, shu jumladan, bizning hududimizga yadroviy zarbalar berish ssenariylari ishlab chiqilmoqda, — deydi Kulishev.
Kulishevga ko‘ra, bunday holat chegaralarni himoya qilish va qo‘riqlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni taqozo etadi.
Avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga hujum qilish huquqiga ega ekanligini aytgandi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ba’zi ittifoqchilar zarbalar bo‘yicha tegishli cheklovlarni allaqachon bekor qilgan, shuningdek, boshqa cheklovlarni ham bekor qilish vaqti kelgan.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Stoltenbergning bayonotlarini izohlar ekan, u o‘z vakolatlaridan oshib ketganiga ishora qilgan.
G‘arb siyosatchilarining so‘nggi jangovar bayonotlari fonida Rossiyada Vladimir Putin topshirig‘i bilan Janubiy harbiy okrug raketa tuzilmalarining mashg‘ulotlari boshlandi. Ushbu manyovrlarda strategik bo‘lmagan yadro qurollarini qo‘llash mashq qilinadi.
Izoh (0)