Ijtimoiy tarmoqlarda “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan jamoadan ketayotgani haqida xabar tarqaldi.
“Olimpik” bilan o‘yindan so‘ng bosh murabbiy futbolchilar bilan xayrlashgan degan ma’lumot berildi.
“Daryo” muxbiri “Navbahor” klubi matbuot kotibi va fan-klub rahbari bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.
Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, futbolchilar va murabbiylar shtabiga 4-iyunga qadar kichik ta’til berilgan. Lekin murabbiyning jamoadan ketayotgani borasidagi gaplar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Superliganing 10-turida namanganliklar “Olimpik”ka qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang natija qayd etdi.
Izoh (0)