O‘zbekiston superligasining 10-turida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Toshkentning “Olimpik” jamoasini qabul qildi.
Bahs shiddatli bellashuvlarga boy bo‘ldi: hakam tomonidan jami 5 ta sariq kartochka ko‘rsatildi. O‘yin yakunida “Olimpik” futbolchisi qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Mezbonlarning zo‘r berib urinishlariga qaramay, o‘yinda hisob ochilmadi — 0:0.
“Daryo” ushbu o‘yindan fotogalereya tayyorladi.
Uchrashuvdan so‘ng “Navbahor” muxlislari U-23 terma jamoasining Osiyo Kubogidagi yorqin ishtiroki hamda Parij Olimpiadasiga yo‘llanma qo‘lga kiritilganini e’tirof etib, “Olimpik” jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadzega zarbof to‘n va do‘ppi kiydirdi.
Izoh (0)