AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp biznes hujjatlarni qalbakilashtirish ishi bo‘yicha hakamlar hay’atining ayblov hukmidan so‘ng o‘zini siyosiy mahbus deb e’lon qildi.
Men soxta sudda aybdor deb topildim. Men siyosiy mahbusman, — deyiladi Trampning saylovoldi saytida.
Siyosatchi, shuningdek, hech qachon taslim bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Sobiq prezident shtab-kvartirasi amerikaliklarni saylovda g‘alaba qozonish uchun yordam berishga chaqirmoqda. Amerika OAVning xabar berishicha, donorlar oqimi tufayli sayt vaqti-vaqti bilan xatoliklarni ko‘rsatib, ochilmayapti.
Avvalroq hakamlar hay’ati biznes hujjatlarini qalbakilashtirish ishida Trampga qarshi 34 ta band bo‘yicha ayblov hukmlarini kiritgan edi. Siyosatchi ushbu qaror ustidan shikoyat qilish huquqiga ega, bu uni prezidentlik saylovlarida ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi. Ish bo‘yicha hukm 11-iyul kuni e’lon qilinadi. Tramp jinoiy ish bo‘yicha sudlangan AQSHning birinchi sobiq prezidenti bo‘ladi.
Izoh (0)