“Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasidan tushirib yuborilishi mumkin.
Sky Sports nashrining xabariga ko‘ra, klubga Premyer Liga tomonidan moliyaviy qoidabuzarlik bo‘yicha 115 ta ayblov qo‘yilgan. Qanday ayblovlar qo‘yilgani borasida ma’lumotlar hozircha ochiqlanmagan.
Agar “shaharliklar” sudda o‘zini oqlay olmasa, quyi divizionlardan biriga tushirib yuborilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” 2023/24-yilgi mavsum APLda chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Angliya Kubogi finalchisiga aylandi va Yevropa Chempionlar Ligasida chorak finalgacha yetib bordi.
Izoh (0)