Yamanning Sokotra provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinida 29-may kuni Hindiston kemasi cho‘kib ketgan. Bu haqda Yaqin Sharq manbalariga tayanib, Anadolu nashri xabar berdi.
Yamandagi nashrlar xabar berishicha, ichiga 600 tonna atrofida sement yuklangan “Al-Jilani” nomli kema Sokotra arxipelagidan 30 dengiz milyasi uzoqlikda cho‘kib ketgan. Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan.
Kema Birlashgan Arab Amirliklari portlaridan yo‘lga chiqqani aytilgan. U katta hajmdagi sement yuklarini xorijiy harbiy bazalar tomon olib ketayotgan bo‘lgan.
Kema cho‘kishi oqibatida ekipajning 1 nafar aʼzosi halok bo‘lgan. 8 kishi qutqarib olingan.
Hindistonning “Al-Jilani” nomli kemasi Sokotra arxipelagidan 30 dengiz milya uzoqlikda 600 tonna sement yukini olib borayotganda cho‘kib ketdi, — deya xabar bergan Sokotradagi Sohil xavfsizlik kuchlari rahbari Said Al-Asmahiy.
Hindiston rasmiylari voqea yuzasidan hozircha izoh bermagan. Rasmiylar kema halokati sabablarini aniqlash yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini bildirgan.
Izoh (0)