• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Markaziy Osiyo

    Putin O‘zbekistonni “Markaziy Osiyodagi eng katta davlat” deb atagani Qozog‘istonda muhokamalarga sabab bo‘ldi

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistonni “mintaqadagi eng yirik davlat” deb atadi. Mazkur bayonot hududi bo‘yicha O‘zbekistondan qariyb olti baravar katta Qozog‘istonda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Siyosatchilar “Orda.kz” nashriga bu boradagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

    Foto: “Kremlin.ru”

    Qozog‘iston Markaziy Osiyodagi eng katta davlatdir. Biroq, Rossiya prezidenti bayonotida buning aksini aytib, amalda respublikani mintaqadagi eng yirik davlatlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi.

    Sizning O‘zbekistonga tashrifingizdan oldin ham AQSH Moliya vazirligi va sanksiyalar rejimini amalga oshiruvchi boshqa idoralardan delegatsiyalar kelgandi. Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlariga Rossiya bilan hamkorlik istiqbollarini bostirish uchun qilingan bosimga qanday qaraysiz? Rossiya bu bosimning o‘rnini ta’minlay oladimi, jumladan O‘zbekistonga?, — deya savol bergandi Rossiya ommaviy axborot vositalari Putinga.

    Rossiya prezidenti o‘z javobini hamkor davlat masshtabini gapirishdan boshladi: 

    “O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyoda, balki aholi soni bo‘yicha ham Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi — 37 million. Ammo AQSHdan dunyoning barcha mintaqalariga “sayohatchilar” parvoz qilmoqda. Albatta, o‘ziga ishonchi yo‘q zaif davlatlar, ayniqsa, o‘nlab nodavlat tashkilotlari faoliyat yuritayotgan davlatlar qo‘llariga berilganini qabul qiladi. Bu mamlakatlarda mahalliy aholi ongini manipulyatsiya qilish va hokimiyatga bosim o‘tkazish osonroq. Hokimiyat ishonchni his qilgan, butun faoliyatini xalq hamda davlat manfaatlariga bag‘ishlagan joyda, okean ortidagi bu “qiyqiriq”larga hech qanday munosabat bildirilmaydi”, — degan Putin.

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qayta-qayta ta’kidlaganidek, Qozog‘iston bilan yaqin, ittifoqchi munosabatlarga ega bo‘lgan Rossiya prezidentining so‘zlarini “yurakka yaqin olish” arziydimi? Siyosatshunoslar Putinning bayonotiga turlicha fikr bildirmoqda.

    Masalan, xalqaro ekspert Anuar Baxitxonovning fikricha, G‘arb bilan qarama-qarshilik kontekstida mamlakat hududining tilga olinishi tasodifan emas.

    “Bu 100 foiz qasddan qilingan harakat. Chunki u avvalroq Qozog‘istonda davlatchilik yo‘qligini aytgandi va bu provokatsion bayonot. Mamlakat bog‘iga otilgan tosh, Qozog‘iston siyosiy birlik sifatida Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi bu masalada o‘z irodasini ko‘rsatishi uchun qilingan.
    Bizning yo‘l oraliqda — Xitoy, Rossiya va G‘arb o‘rtasidadir. Lekin Rossiya uchun Qozog‘iston qaror chiqarishi nihoyatda muhim. Chunki mamlakat eng katta sherikdir. Davlat ommaviy axborot vositalari savollariga prezident oldindan tayyorlanadi. Putinning javobida Qozog‘istonga yashirin ishora bo‘lishi mumkin”, — dedi ekspert.

    O‘z navbatida, siyosatshunos Valeriy Volodin Rossiya prezidentining so‘zlarida hech qanday ishora yo‘qligini aytdi. Uning fikricha, Putin shunchaki sovet terminologiyasidan foydalangan, ya’ni Qozog‘istonni Markaziy Osiyoga aloqador sifatida qaragan. Mintaqa respublikalari qatoriga esa Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonni kiritgan.

    1992-yilda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston” ta’rifidan mintaqadagi barcha beshta postsovet davlatini qamrab olgan “Markaziy Osiyo” foydasiga voz kechishni taklif qilgandi. 1993-yil Toshkentdagi sammitda bu qaror tasdiqlangan.

    “An’anaga ko‘ra, sovet tafakkurimiz uchun O‘rta Osiyo tushunchasi mavjud edi va Qozog‘iston hech qachon uning tarkibiga kirmagan, lekin Markaziy Osiyo davlatlarining bir qismi bo‘lgan”, — deydi Volodin.

    Ekspertning fikricha, Putin sovetcha tafakkurga ega, chunki sovet geografiyasida Qozog‘iston hududi Markaziy Osiyoga tegishli bo‘lmagan.

    “Shuning uchun Putinning gapi haqiqatga mos. Bu yerda firklash uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman. Ko‘p hollarda bugungi kunda O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo sinonimdir”, — deya xulosa qilgan mutaxassis.

    Putinning Toshkentga tashrifi

    Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti 26-may kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Uni aeroportda prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Shu kuni davlat rahbarlari birgalikda “Yangi O‘zbekiston” majmuasiga tashrif buyurdi, Rossiya rahbari Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

    27-may kuni tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ular davomida prezidentlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qildilar, delegatsiyalar aʼzolarining asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha hisobotlarini tingladilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdi. Davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti imzolandi, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar almashildi.

    Mirziyoyev hamrohligida Putin G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi va O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi muzey bilan tanishdi.

    O‘sha kuni prezidentlar raisligida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, unda hududlararo muloqotni yanada mustahkamlash va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

    28-may kuni Shavkat Mirziyoyev Putinni uyiga taklif qilgani, tonggi soat uchgacha muloqotni davom ettirgani ma’lum bo‘ldi. Ikkala davlat rahbarlari qisman norasmiy ruhda, qisman esa ish masalalarini muhokama qilgan holda, aeroportga chiqishdan oldin birgalikda nonushta qilgani ta’kidlandi.

    30.05.2024, 15:55   Izoh (0)   32784
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy Osiyoda resurslar yuzasidan chegaraviy mojarolar ehtimoli ortmoqda — KXSHT

    29.03.2024, 13:59

    “Qozog‘istondan bizni yoki boshqa derjavani tanlashni so‘ramayapmiz” — Devid Kemeron

    25.04.2024, 11:45

    “Qo‘shni davlatlar bilan integratsiya uchun Rossiya ta’siridan qutulish kerak” – ekspert bilan suhbat

    30.04.2024, 20:15

    Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilda 44 mlrd dollardan oshdi

    16.05.2024, 12:15

    Qozog‘iston uranni Rossiyasiz eksport qilish yo‘llarini izlamoqda

    16.05.2024, 13:15

    AQSHning Markaziy Osiyodagi siyosati: maqsad va yondashuvlar

    23.05.2024, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UFC prezidenti Oq uyda o‘tadigan musobaqada qaysi sportchilar jang qilishi mumkinligini ochiqladi

    Sport | 15 avgust, 16:08

    “Bu O‘zbekistonsiz amalga oshmagan bo‘lardi”. Germaniya fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:06

    Taksi haydovchisi yo‘lovchiga, mast erkak esa tanishiga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 15:56

    Britaniyadagi aeroportda samolyotlar to‘qnashishi sabab parvozlar vaqtincha bekor qilindi (video)

    Dunyo | 15 avgust, 15:35

    Bolaning begonasi bo‘lmaydi: farzand asrab olgan jahonga mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 15 avgust, 15:20

    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

    Reklama | 15 avgust, 13:30

    Yerning ilgari o‘rganilmagan hududida oltinga boy kon topildi

    Dunyo | 15 avgust, 15:15

    O‘zbekistonda kreditni to‘lashda qiynalayotganlarga yengillik yaratiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 15:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.