Xavi Janubiy Koreya termasidan taklif oldi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
O‘tgan haftada “Barselona” bosh murabbiy bilan hamkorlikni to‘xtatganini e‘lon qildi.
Yanvar oyida Xavi jamoani tark etish qarorini e’lon qilgach, uning xizmatlariga “Ayaks” qiziqish bildirgan. “Barsa”ning sobiq sport direktori Jordi Kroyff murabbiy bilan bog‘landi, biroq Xavini ishontira olmadi.
Ispaniyalik mutaxassis Janubiy Koreya terma jamoasini boshqarish taklifini ham rad etdi, deb xabar beradi AS. Unga 2026-yilgi Jahon chempionatida jamoani boshqarish taklif qilingan.
“Milan” va “Manchester Yunayted” ham Xavini taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqdi, biroq klublar bu borada faol choralar ko‘rmadi.
“Barselona”ning sobiq murabbiyi kelgusi yil dam olishni istamoqda, shuning uchun u faoliyatini qayerda boshlashi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rayotgani yo‘q.
Izoh (0)