Isroil parlamentariylari muxolifatning mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish taklifi ortidan parlamentni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
Bu haqda The Times of Israel nashri qonun loyihasi muallifi, “Milliy birlik” partiyasidan deputat Pnina Tamano-Shata bayonotiga asoslanib xabar berdi.
“7-oktyabr bizdan orqaga qaytib, xalq ishonchini qaytadan qozonishni talab qiladigan fojia bo‘ldi. Endilikda biz xavfsizlik, iqtisodiyot va birinchi navbatda, barqaror birdamlikka ega hukumatni qurishimiz kerak”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq partiya yetakchisi Benni Gantsning o‘zi 2024-yil sentyabrigacha muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga chaqirgan edi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning “Likud” partiyasi bu taklifni rad etdi.
Izoh (0)