Polshada Rossiya razvedka xizmatlari buyrug‘i bilan qo‘poruvchilik qilishda ayblangan to‘qqiz kishi hibsga olindi. Bu haqda Polsha bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.
Tuskning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘t qo‘yish, o‘t qo‘yishga urinish va kaltaklashda ayblanmoqda. Polsha bosh vaziri hibsga olinganlarni yollanma askarlar deb atagan va ularning ba’zilari “jinoyat olamidan kelgan odamlar” ekanini aytgan.
Tusk sabotajga misol sifatida Vrotslavdagi bo‘yoq zavodiga o‘t qo‘yishga urinishni keltirgan. Polsha ichki xavfsizlik agentligiga ko‘ra, u Rossiya maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bilan Vrotslavda o‘t qo‘yishni rejalashtirgan.
Tuskning so‘zlariga ko‘ra, xuddi shunday qo‘poruvchilik Litva, Latviya va Shvetsiyada ham amalga oshirilmoqda. Uning fikricha, may oyi boshida Litvada Ikea omboriga o‘t qo‘yishga mas’ul shaxslar Polshadagi sabotajga aloqador bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Polsha sudi Rossiya harbiy razvedkasi bilan hamkorlik qilganlikda ayblangan Polsha fuqarosi Pavel K.ni hibsga olgan. Prokurorlar u Rossiya razvedka idoralariga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga suiqasd uyushtirishga yordam berish uchun ma’lumot to‘plaganini aytgan.
Izoh (0)